Intel noutbukni «bukmoqchi»

  •   DiMaX
  •  1106
  •  10.02.2017 13:25

Intel noutbukni «bukmoqchi»

Tinib-tinchimagan ishlab chiqaruvchilar odamlarni hayratga solish uchun bir-biridan antiqa yechimlarga qo‘l urishdan charchashmayapti. Masalan, yaqinda Intel kompaniyasi bukilgan noutbuk uchun patent oldi, deb yozadi it-world.ru sayti.

Bu haqdagi ariza AQSh Patentlar va savdo belgilari byurosi saytida e’lon qilingan, deyiladi manbada. Chizmada yechiladigan displeyga ega gibrid qurilma aks ettirilgan. Uning har ikkala qismi ham tekis to‘rtburchak emas, balki yoysimon shaklda.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi haqida aniq ma’lumotlar hozircha oshkor etilmayotir.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!