Intel o'zining "Celeron" va "Pentium" brend nomlarini o'zgartimoqda

Intel o'zining

Kompyuter tanlashda e'tibor beriladigan eng muhim narsalarning biri bu uning protsessoridir, lekin ularning modellari va nomlarining turli-tumanligi sabab yuzaga kelgan chalkashlik o'zingizga kerakli protsessorni tanlashni qiyinlashtiradi. Ammo, keyingi yildan bu jarayon biroz bo'lsada yumshashi mumkin.

Intel kompaniyasi byudjet noutbuklar uchun Celeron va Pentium brend nomlari ostida protsessorlar taqdim qiladi. Biroq, keyingi yildan boshlab siz bunday brend nomli Intel protsessori bilan jihozlangan noutbuklarini ko'rmaysiz, chunki kompaniya ularni o'zgartirmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, 2023-yilda Celeron va Pentium brend nomlarini "Intel Processor" nomi egallaydi. Bu esa xaridorlarga noutbuk sotib olayotgan protsessor tanlashni osonlashtirishi aytilmoqda.   

"Yangi Intel Processor brendi bizning takliflarimizni soddalashtiradi, shunda foydalanuvchilar o'z ehtiyojlari uchun to'g'ri protsessorni tanlashda e'tiborlarini bir yerga jamlashlari mumkin." deydi Josh Nyuman, Intel vitse-prezidenti.

Ushbu zamonaviylashtirilgan brend arxitekturasi bilan Intel o'zining flagman brendlari: Intel Core, Intel Evo va Intel vPro brendlariga e'tibor qaratishini ma'lum qilgan.

Pentium brend protsessorlari ilk marotaba 1993-yilda yuqori darajali kompyuterlar uchun chiqarilgan edi. Keyinchalik esa, Intel uni o'rta darajali noutbuklar uchun chiqarishni boshlagan. Celeron brendi esa cho'ntakbop noutbuklar uchun birinchi marta 1998-yilda Pentium II chiplariga asoslangan holda chiqarilgan. Bugungi kunda undan faqat Chromebook'lar va byudjet noutbuklar uchun foydalaniladi.

O'QING: Galaxy smartfonlari ham sun’iy yo‘ldoshga ulanish xususiyatiga ega bo‘ladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!