Internet-do‘konlari, bozoringiz chaqqon bo‘lsin!

Internet-do‘konlari, bozoringiz chaqqon bo‘lsin!

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi  hamkorligida O‘zbekiston Elektron savdo palatasi tamonidan Joriy yilning 6-7-noyabr kunlari Windham Tashkent mehmonxonasida moliya sohasidagi eng yirik tadbir – E-Commerce Day 2018 tashkil etilmoqda. Bu elektron tijorat mavzusiga bag‘ishlangan dastlabki eng yirik anjumanlardan biridir. Bu haqida AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: Terashop.uz – O‘zbekistonda kriptovalyutada savdo qilayotgan ilk internet-do‘kon!

Ma’lumotda aytilishicha, E-Commerce Day 2018 anjumanida ekspertlar yurtimizda moliya va bank sohalarining, xususan, internet-tijoratning hozirgi holatini tahlil etishadi va jahonda uni rivojlantirish borasidagi tajribalar bilan o‘rtoqlashiladi. Shuningdek, moliya infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashishadi.

Anjumanda A. Ivanov (Rossiya va boshqa mamlakatlardagi masofaviy savdo milliy assotsiatsiyasi prezidenti), L.Zondberg (Rossiyaning eng katta ekspress-yetkazib beruvchisi va logistika operatori — DPD tijorat direktori), D.Grigoriyev (Wunder Digital Agency’ning rivojlantirish bo‘yicha direktori) va boshqa mashhur mutaxassislar ishtirok etishadi.

Shuningdek, anjumanda internet-savdo provayderlari (kurerlik xizmatlari, buxgalteriya, moliyaviy xizmatlar), chakana va elektron savdo hamda xizmatlar (do‘konlar, internet-do‘konlar), AT va innovatsiyalar sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar (injiniring, ishlab chiqish va dasturiy ta’minot) ham qatnashishadi. Bundan xulosa shu bo‘ladiki, endi internet do‘konlari, kurerlik xizmatlarining bozori chaqqon bo‘ladi. Har xolda bunday katta tadbirdan keyin keng imkoniyatlar ochilsa, ajab emas. Tezlik bilan globallashuv jarayoniga sekingina suqilib kirayotgan internet-do‘konlari, bozoringiz bundada chaqqon bo‘ladi!

O‘QINGInternet-do‘konlarda naqd pul to‘lash kamaymoqda

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!