Internetda yangi xit: fotosuratdan «ko‘rinmas» avtomobilni toping-chi?

  •   DiMaX
  •  1644
  •  15.09.2018 11:02

Internetda yangi xit: fotosuratdan «ko‘rinmas» avtomobilni toping-chi?

Yaqinda Reddit resursi foydalanuvchilaridan biri jilo berilgan – polirovka qilingan mashinasining suratini e’lon qildi. Xo‘sh, nima bo‘pti shunda, deysizmi?..

O‘QING: Rossiyalik olimlar ko‘rinmas libos uchun material yaratdi

Gap shundaki, fotosuratning taxminan yarmini egallagan avtomobilni rasmda topish oson emas. Bir qarashda ushbu rasmda allaqanday yo‘l hamda uning narigi tomonidagi daraxtlar aks etgandek tuyuladi. Ammo birdaniga unda avtomobil g‘ildiragining bir qismi hamda eshigining tutqichi ko‘zga tashlanadi.

Dastlab foydalanuvchilar unga ko‘plab izohlar yozishdi, keyin esa mazkur rasm internet bo‘ylab tarqala boshladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yerda hamma gap avtomobilga jilo berishda ishlangan polirolda. Uning sifatli ishlangani sababli mashina korpusi xuddi ko‘zgudek yarqiragan. Tabiiyki, suratga olish burchagi – rakurs ham ko‘p narsani hal etgan.

Internetda ayrim foydalanuvchilar muallifni bu fotosuratni soxtalashtirishda ayblashgan. Boshqalar esa mashinani «ko‘rinmas», deb atab, buni allaqanday maxfiy ishlanmaning bir qismi, deya gumon qilishdi.

O‘QING: Ko‘rinmas displeyli ilk «aqlli» soatlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!