iOS 10.3 versiyasida teatr rejimi paydo bo‘lishi mumkin

iOS 10.3 versiyasida teatr rejimi paydo bo‘lishi mumkin

Apple mahsulotlari to‘g‘risida ishonchli tafsilotlarni oldindan ma’lum qiladigan taniqli blogger va insayder Soni Dikson, o‘zining Twitter mikroblogidagi sahifasida  iOS dasturining 10.3 versiyada paydo bo‘ladigan ba’zi ma’lumotlarni oshkor qildi.

Unga ko‘ra iOS 10.3 versiyasi orqali Apple gadjetlarida yangi rejim paydo bo‘ladi. Theatre Mode (Teatr rejimi) deb nomlangan mazkur rejim mobil qurilmada film va kliplarni ko‘rishga mo‘ljallanadi. Biroq hozircha bu rejim borasida boshqa ma’lumotlar sir tutilmoqda.

iOS 10.3 versiyasining birinchi beta sinovi, Diksonning yozishicha, 10 yanvarda chiqariladi.