iOS 11 xatoligi: bloklangan iPhone’dagi suratlaringizni ham ko‘ra olishadi!

  •   DiMaX
  •  1807
  •  19.10.2017 16:12

iOS 11 xatoligi: bloklangan iPhone’dagi suratlaringizni ham ko‘ra olishadi!

Apple yaqinda taqdim etgan iOS 11 operatsion tizim talqinida aniqlangan xatolik qurilmadagi suratlarga begonalar kirishiga imkon beradi. Bu to‘g‘rida SecurityLab nashri xabar bermoqda.

Mazkur xatolik sababli iOS 11.0.3 hamda iOS 11.1 beta-talqini boshqaruvi ostida ishlaydigan barcha qurilmalar ichidagi rasmlar maxfiyligi xavf ostida qolayotir.

Garchi iPhone bloklangan holatda bo‘lsa-da, ichidagi suratlarni ko‘rish uchun g‘araz niyatli kishi uning raqamini bilsa kifoya. Fotorasmlarga kirish uchun shu telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilinadi. Bloklangan qurilmada qo‘ng‘iroqni qabul qilish o‘rniga unga xabar bilan javob berish funksiyasiga – «Soobщyeniya»ga kiriladi, keyin esa «Drugoye» bo‘limiga o‘tiladi. Javob xabariga uchta istalgan emodzi qo‘yiladi. So‘ngra Siri ovozli yordamchisidan biror ilovani, masalan, sozlamalar – «Nastroyki»ni ochish so‘raladi. Shundan keyin raqamga ikkinchi marta qo‘ng‘iroq qilinadi, o‘shanda unga xabar bilan javob berish, bu xabarda qurilmadagi istalgan fotosuratni biriktirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Bu esa, iPhone’ingizni qo‘lga kiritgan va undagi raqamingizni bilgan kishilar mana shu usuldan foydalangan holda rasmlaringizni ko‘rishlari va ular ustida boshqa amallarni bajarishlari mumkin, deganidir. Mana, buning qanday amalga oshirilganligini quyidagi videolavhada o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin:

Mazkur xatolik YouTube’dagi iDevices kanali mualliflari tomonidan aniqlangan va bu nuqson haqida Apple’ga ular allaqachon xabar berishgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.