iOS 15.4 tizimida muammolar yuzaga kelayotgani aytilmoqda

iOS 15.4 tizimida muammolar yuzaga kelayotgani aytilmoqda

Shu hafta boshida Apple iOS 15.4 tizimini o‘z smartfonlariga jo‘natishni boshladi. Yangi tizim iPhone foydalanuvchilariga niqob taqqan holda ham Face ID yordamida telefonlarni qulfdan chiqarish imkonini beradi. 

O‘tgan yili ham kompaniya niqob taqqan holda ham Face ID'dan foydalanish mumkin bo‘lgan proshivka bilan o‘z qurilmarini ta’minlagan, biroq bu jarayon Apple Watch smart-soatini talab qilar edi. 

Hozirga yangi proshivka bilan edi Apple Watch soatisiz ham niqob taqqan holda Face ID'dan foydalanish mumkin. iOS 15.4 o‘rnatilganda iPhone foydalanuvchilari Face ID'ni yana bir bor o‘rnatdilar.

Ushbu vaqtda uchinchi yuzni skanerlash jarayoni ko‘proq vaqt talab etadi. Foydalanuvchining yuzidan yetarlicha ma’lumot to‘plash uchun hatto niqob uning katta qismini bloklab qo‘ygan bo‘lsa ham, Face ID endi foydalanuvchining ko‘zlari atrofidagi bo‘shliqqa e’tibor qaratadi va uning shaxsini tekshirishga imkon beruvchi noyob xususiyatlarni topadi. 

Ushbu imkoniyat faqat iPhone 12 va iPhone 13 seriyalari uchun amal qiladi. Shuningdek, iOS 15.4 tizim bilan bog‘liq bo‘lgan 39 ta zaifliklarga barham beradi. 

Biroq muammoli vaziyatlar ham yo‘q emas. Podkaster Aleks Kretzschmar o‘z tvitida iOS 14.5 o‘rnatilgandan so‘ng smartfonining quvvati tez tugab qolayotganini yozgan. 

Kretzschmar bunday shikoyat bilan chiqqan yagona inson emas. Texnologiyalar ishqibozi Maksim Shishko o‘z tvitida shunday deb yozmoqda: "iOS 15.4 tizimida akkumulyator avtonomligi yomonlashib ketdi. Men faqat Safari, YouTube, Instagram va Uber ilovalaridan foydalandim. Ekranning faol vaqti ikki soatga ham bormaydi, biroq 24 soatdan keyin quvvat foizi 80% ga tushib ketdi."

Ayrim manbalarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, har safar operatsion tizimda yangilanish bo‘lganida, akkumulyator normal holatga qaytishi uchun bir necha kun o‘tishi mumkin. Chunki yangi tizim o‘rnatilishi bilan orqa fonda ko‘plab ilova va tizimlar ishlaydi. Bu esa akkumulyator quvvatini tez tugab qolishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun quvvat samaradorligi yaxshilanishini bir necha kun kutish kerak bo‘ladi. 

O‘QING: iPhone 14 Pro tillarang renderlari tarqatildi (video) 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!