iPad 2018 “yelkasida” g‘alati tugmacha bor ekan

  •   Saroy
  •  967
  •  31.07.2018 14:32

iPad 2018 “yelkasida” g‘alati tugmacha bor ekan

iPad’ning keyingiavlodi o‘tgan yildagi iPhone X’ga o‘xshab inqilobiy (hech bo‘lmaganda Apple uchun) bo‘ladi. Yaqinda chiqadigan iPad Pro 2018 dagi audiokemtik olib tashlanadi, degan gap-so‘zlardan keyin, endi uning dizaynidan ham yana bir g‘alati detalni topishdi.

Tarmoqlarda iPad Pro 2018’ ning ishlab chiqarish chizmasi paydo bo‘ldi, unda sirli elliptik  element yoki tugmacha topildi. U planshetning orqa panelida,  quvvatlantirgich porti yonida joylashgan.

O‘QING:Tarmoqlarda iPhone X Plus va iPhone 9’ning ilk “jonli” suratlari paydo bo‘ldi

Foydalanuvchilar ushbu holatga izoh berar ekan, “tugmacha” qandaydir yangi dok-konnektor bo‘lib chiqishi mumkin demoqda,   chunki u portga juda yaqin joylashgan. Boshqa tomondan, yangi planshetning romi shunchalik kichkinaki, ishlab chiqaruvchi Touch ID skanerini  qurilmaning yelkasiga joylashtirishga to‘g‘ri kelgan.

Ehtimol, yangi iPad Pro 2018 qandaydir mutlaqo yangi aksessuar to‘plami bilan ham ta’minlanishi mumkin, buning uchun noodatiy kemtik zarur bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham, barchasi sentyabr oyida Apple yangi gadjetini namoyish qilganda ma’lum bo‘ladi.

O‘QING:Yangi texnologiya: qurilmalar bir-biridan simsiz quvvat oladi