iPhone 11 Pro hamda Google Pixel 4 «chatishma»si – atigi 140 dollar! (+«jonli» rasm)

  •   DiMaX
  •  2016
  •  14.10.2019 13:30

iPhone 11 Pro hamda Google Pixel 4 «chatishma»si – atigi 140 dollar! (+«jonli» rasm)

Kupertinolik korporatsiyaning iPhone 11 Pro flagmani (sotib olish) va hali endi chiqadigan Google Pixel 4 modellari bosh kamera blogining shakli va modullarining joylashuvi bo‘yicha yangicha yondashuv. Kuzatuvchilar fikricha, endi boshqa smartfonsozlar ham yangi qurilmalarida ulardan nusxa ola boshlashadi.

O‘QING: BUNAQASI BO‘LMAGAN: Google Pixel 4 XL taqdimotdan to‘rt oy avval «jonli» videoda!

Bunday «nusxalash» ishlarini xitoylik ZTE korporatsiyasi allaqachon boshlab yubordi. TENAA regulyatorida ZTE Blade 20 rusumli yangi smartfoni sertifikatsiyadan o‘tdi. Uning kamerasi ko‘rinishidan xuddi yuqorida tilga olingan ikki smartfonning kameralarining aralashuviga o‘xshaydi. Smartfonning old paneli esa oddiygina – selfi-kamera uchun kemtikli displey.

TENAA bazasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ZTE Blade 20 diagonaliga 6,088 dyuymlik, HD+ formatli ekranga ega.

O‘QING: Xiaomi misli ko‘rilmagan selfi kamera dizaynini yaratdi

 ZTE Blade 20 modeli maksimal 2,0 GGs chastotasida ishlovchi 8 yadroli protsessorga, 2 GB tezkor va 64 GB ichki xotiraga ega. Uning muhim ustunliklaridan biri – 4870 mA/soatlik akkumulyatori bo‘lib, u USB-C porti orqali 18 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi.

Insayderlar allaqachon bu smartfonning «jonli» suratini ham tarqatishgan:

Ko‘rib turganingizdek, ZTE Blade 20 orqa paneliga barmoq izi skaneri o‘rnatilgan. Uning bosh kamerasi 16, 8 va 2 megapiksellik, old kamerasi esa 5 megapiksellik datchiklarga ega. Korpusining o‘lchamlari 155x72,7x8,95 mm, vazni 164 gramm keladigan ushbu smartfon Android 9.0 Pie boshqaruvi ostida ishlaydi. Xabarlarga qaraganda, uning narxi 140 dollar atrofida bo‘ladi.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!