iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max'larga 120Hz AMOLED ekrani o‘rnatiladi

iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max'larga 120Hz AMOLED ekrani o‘rnatiladi

Anchadan buyon bu yil chiqadigan iPhone'lar 120Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘lishi haqida gaplar yurgandi. Koreyadan berilgan xabar mana bu mish-mishlarni tasdiqladi.

Faqatgina iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max modellari LTPO AMOLED panel bilan jihozlanishi va bu panellarni faqatgina Samsung Display yetkazib berishi aytilmoqda. Bu hali hammasi emas. Samsung'ning Elektromexanika bo‘limi iPhone'larni qattiq moslashuvchan bosilgan elektron platalar (RFPCB) bilan ham ta’minlab beradi.

Platalar OLED panellarni ona palataga ulab beradi. RFPCB'lar qattiq bo‘lsa-da, ularni buklash mumkin. Bu esa elektr signallarini tezroq o‘tkazishga xizmat qiladi. RFPCB'lar an’anaviy FPCB'lardan ko‘ra qimmatroq.

Samsung Display bu yil iPhone'larga 110 million dona panel yetkazib beradi. LG Display esa 50 mln, BOE bo‘lsa 9 mln panel yetkazib berishi ko‘zda tutilgan.

O‘QING: iPhone 13 ekrani kemtigini «jonli» suratlarda iPhone 12’niki bilan solishtirib ko‘ramiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!