iPhone 14 Pro modeli DxOMark testidan o‘tdi

iPhone 14 Pro modeli DxOMark testidan o‘tdi

Apple'ning yangi iPhone 14 Pro smartfoni DxOMark testidan o‘tdi hamda ajoyib natijani qayt etdi. Umumiy kamera testida qurilma 146 ballni qo‘lga kiritdi. Bu Honor Magic4 Ultimate modelidan keyingi ikkinchi yeng yaxshi natija hisoblanadi. 

Selfi kamera bo‘yicha qurilma 145 ball to‘play oldi. DxOMark esa buni eng yaxshi natijalardan biri deb e’lon qildi. Shuningdek, video sifati bo‘yicha u tengsiz deb topildi. 

Testning “Oila va do‘stlar“ deb nomlangan yangi bosqichida iPhone 14 Pro yuqori natijani qayd etdi. Buning sababi sifatida kameraning teri rangini aniq chiqarib berishi, tezkor takror suratga olish qobiliyati, harakat davomida xiralashishni kamaytira olishi hamda yuzlarning kontrastli tasvirlarini olish imkonyatiga ega ekanligini ko‘rsatish mumkin.

Testda, bundan tashqari, smartfon portret rejimda tabiiy bokeh suratlarni olishga ham alohida urg‘u berilgan. 

Video yozish bo‘yicha qurilma birinchi o‘rinni egalladi. Kadrlarning o‘tish silliqligi, takrorlanuvchanligi va ravonligi yaxshilangan. Stabilizatsiya ham ajoyib darajada, HDR yuqori kontrastni taqdim etadi, avtofokus esa ishonchli hamda aniq ishladi. Smartfondagi Quad-Bayer tasvir sensori suratlarni sifatini oshirishga xizmat qiladi. 

Biroq kamchiliklar ham yo‘q emas. Ichkarida olingan suratlarda biroz shovqin bor, shuningdek, aniqlik o‘ta darajada yuqori emas. 3x zumda olingan suratlarda ham aniqlik biroz yo‘qolmoqda. 

DxOMark selfi kamerada olingan suratlarni yuqori baholadi. Qurilma 145 ball to‘plab, birinchi o‘dindagi Huawei P50 Pro'dan atigi bir ball ortda qoldi. iPhone 14 Pro'ning selfi kamerasi bunday yuqori natijaga erishganini avtofokus imkonyati hamda tezkor diafragmani sabab qilib ko‘rsatish mumkin. 

Selfi videolar bo‘yicha smartfon 154 ballni qo‘lga kiritdi. Ekspozitsiya, ranglar aniqligi hamda stabilizatsiya ajoyib darajada. Shunday bo‘lsa-da, selfi kamerada olingan suratlarda biroz shovqin borligi bilinadi. 

O‘QING: Redmi Note 11 seriyasiga yana bir yangi smartfon qo‘shildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!