iPhone 6S uchun buyragini sotgan yigit bu gal miyasini sotuvga qo‘ydi

iPhone 6S uchun buyragini sotgan yigit bu gal miyasini sotuvga qo‘ydi

 

Hindiston ommaviy axborot vositalarining xabar tarqatishicha, Mumbay shahrida istiqomat qiluvchi Somesh Bandukvala Apple’ning chinakam muxlisi sifatida hammani hayratlantirishda davom etmoqda. U 2015 yilda iPhone 6S smartfonini sotib olish uchun buyragini sotgan edi.

iPhone SE’ning sotuvga chiqqanini eshitgan Someshning paytavasiga qurt tushib, u bu gal mazkur qurilmani sotib olish istagida elektron savdo nashrlariga o‘z miyasini sotuvga qo‘yishi to‘g‘risida e’lon bergan.

Somesh so‘nggi yillarda Apple qurilmalari uchun bir necha ming rupiya sarflagan. Ayni kunda uning kolleksiyasida bir nechta ayfon, ayped, Macbook, Apple watch va boshqa gadjetlar mavjud.

“Uning bo‘m-bo‘sh miyasi kimga ham kerak? Bu miyada zarracha aql bo‘lganida shu matohlarni deb salomatligidan voz kecharmidi?” deydi Someshning opasi Soniya kuyinchaklik bilan.

So‘nggi yillarda Xitoy va Hindistonda buyragini pullash evaziga elektron qurilmalarni xarid qilayotgan o‘taketgan mutaassib yoshlar soni ortib bormoqda. Xususan, bunday voqea ilk marotaba 2012 yilda Xitoyda iPhone va iPad 2 gadjetlarini sotib olish istagida bo‘lgan o‘smir bilan qayd etilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.