iPhone 7: aqlbovar qilmas yupqalik, namoyish vaqti, narxi va o‘ziga xosliklari

iPhone 7: aqlbovar qilmas yupqalik, namoyish vaqti, narxi va o‘ziga xosliklari

iPhone 7: Namoyish

iPhone 7’ning so‘nggi “ajdodlari” kabi 2016 yil sentyabrida taqdim etilishi kutilmoqda. Ba’zi manbaalar gadjet taqdimotining bahorda o‘tkazilishini taxmin qilishgan edi. Ammo bahorda kompaniyaning iPad Air 3, iPhone 5SE va Apple Watch 2 qurilmalarini e’lon qilish ehtimoli ham bor. Ammo hozircha kompaniya bu ma’lumotlarni tasdiqlagani yo‘q.

iPhone 7: Dizayn

iPhone 7 (?)

iPhone 7 (?)

iPhone 6S ko‘p jihatdan iPhone 6’ni eslatgan edi. Ammo iPhone 7 batamom boshqacha ko‘rinishda bo‘lishi haqida taxminlar bor.

Taniqli “ayfonshunos” mutaxassis Ming-Chi Kuo uning 7.1 mm qalinlikdagi iPhone 6S’dan ham yupqaroq bo‘lishi haqida ma’lum qilgan. Aniqrog‘i, yangi ayfonning qalinligi 6 hamda 6.5 mm oralig‘ida bo‘ladi. Bu qalinlikni tasavvurga sig‘dirish qiyin. Ammo Samsung Galaxy S6’ning qalinligi 6.8 mm ekanini hisobga olsak, demak uning raqobatchisi eng innovatsion ixchamlikka erishishi tabiiy.

Smartfonning to‘la metall qobiqli, displeyi korpus ramkasisiz bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Bu iPhone qurilmalarining ekran texnologiyasida muhim yangilik bo‘lishi mumkin.

Yana bir manbaada esa  iPhone 7’ning suvga chidamlilik tizimi Japan Display kompaniyasi tomonidan yetkazib berilishi aytilmoqda. Ushbu “Pixel Eyes” texnologiyasiga ko‘ra namli qo‘llar orqali ham smartfondan foydalanish mumkin. Kompaniyaning so‘nggi iPhone 6s va iPhone 6s Plus gadjetlarida ham, garchi taqdimotda aytilmagan bo‘lsa ham, suvga bardosh berish texnologiyasi qo‘llanilgan.

Ayni shu ixchamlik bois kompaniya navbatdagi flagmandan 3.5 mm joyni egallab turgan audio quloqchin portini olib tashlaydi va endi audio tizimga Bluetooth-qulochinlar orqali ulanish mumkin.

Yana bir manbaa ushbu smartfonda orqa “kamera qubbachasi” bo‘lmasligini, uning o‘rniga kompaniya qog‘oz qalinligidagi yupqa linzalardan foydalanishi, shuningdek korpus orqa qismidagi antenna tasmasidan ham voz kechilishi to‘g‘risida xabar tarqatgan. Bu esa korpusning yanada silliq va jozibadorligini ta’minlaydi.

iPhone 7: Ekran

iPhone 6S

iPhone 6S

DigiTimes internet nashrining yozishicha, nihoyat Apple ham Android qurilmalari kabi, QHD yoki hatto 4K texnologiyali shisha ekranlardan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Bugungacha Sony Xperia Z5 Premium QHD 4K monitoriga ega. Ammo iPhone 6S ekranining piksel sig‘imi 1080p’ga ham yetmaydi. Shu sababli, ko‘pchilik yuqoridagi taxminga shubha bilan qarayapti.

Agar bu rost bo‘lsa, unda iPhone 7 uchun kattaroq hajmli displey zarur bo‘ladi. Hozircha uning 4.7 va 5.5 dyuymli talqinlari ishlab chiqarilishi mumkinligi aytilmoqda.

Apple’ni elektron vositalar bilan ta’minlaydigan manbaaga ko‘ra, navbatdagi eng innovatsion qurilma bo‘lishi kutilayotgan iPhone 7 ekranida Samsung foydalanayotgan OLED texnologiyasidan foydalanilishi ham mumkin.

Ekran 3D Touch texnologiyasiga ega bo‘ladi, ya’ni qurilma egasining yengil yoki qattiq chertishiga qarab, o‘zidagi ma’lum funksiyalarni ishga tushiradi.

iPhone 7: Raqiblar

Galaxy S7

Galaxy S7

An’anaga ko‘ra Apple’ning Samsung’dan ko‘ra yirikroq raqibi yo‘q. Shu sabali, Samsung Galaxy S7 smartfoni hozircha iPhone 7 bilan raqobatga kirishishi kutilmoqda.

Hatto mustahkam protsessor va katta ekranli Samsung Galaxy S6, taqdimoti kutilayotgan HTC One M10 kabi qurilmalar uning asosiy raqiblari bo‘lishi mumkin.

iPhone 7: Kamera va akkumulyator

Kompaniya iPhone 6S’dagi 8 MP fotokamerani 12 MP.li yanada yorqin surat oladigan kameraga almashtiradi. Gadjetning old kamerasi 8 MP bo‘ladi. Ko‘pchilik Samsung kabi Apple yangi smartfonda suratning optik barqarorligi texnologiyasini joriy qilishini aytmoqda.

Min-Chi Kuo esa yangi mobil aloqa vositasi orqada qo‘sh kameraga ega bo‘lishini ma’lum qilgan. Bu esa optik yaqinlashtirish, kengroq manzarani suratga olish imkonini beradi.

1.715 mA soat elektr toki sig‘imiga ega bo‘lgan iPhone 6S ko‘pchilikning umidini puchga chiqargan edi. Bu uning eng katta kamchiliklaridan biri sifatida qayd etilgan. Shu bois, ekspertlar yangi qurilma kattaroq sig‘imga ega quvvat toshi bilan taqdim qilinishiga umid qilishmoqda.

iPhone 7: Operatsion tizim va ichki imkoniyatlar

iphone 6s

Weibo nashrining yozishicha, smartfon yangi avlod chipi – 6 yadroli A10 protsessorida faoliyat ko‘rsatadi. Bu uning tezkor ishlashi, sifatli namoyishini ta’minlaydi. Tezkor xotira hajmi esa 2 GB bo‘ladi. Gadjetning iOS 10 operatsion tizimida ishlashi haqida taxminlar bor.

iPhone 7: O‘ziga xos jihatlari

iPhone 6S

iPhone 6S

iPhone 7’da uni turli zarblardan himoya qiluvchi Gorilla glass himoya shishasi o‘rniga nisbatan mustahkam bo‘lgan, iWatch’da ishlatilgan sapfir zangori shishasidan foydalaniladi.

Qurilmada imkon boricha ortiqcha tugmachalardan foydalanmaslikka urg‘u qaratilmoqda. Shu sababli ham, hatto uning quyi qismidagi asosiy tugmadan voz kechilishi mumkin.

Samsung kabi Apple ham simsiz quvvatlash texnologiyasiga o‘tmoqchi ko‘rinadi.

iSight Camera kamerasi texnologiyasi 12 hamda 8 MP kameralar yordamida yorqin suratlar olishga xizmat qiladi.

iPhone 7 suvga chidamlilik sertifikati bo‘lgan iP67’ga ega bo‘ladi. Ma’lumotlarga qaraganda, u 1 metr chuqurlikda 30 daqiqagacha beshikast tura oladi.

iPhone 7: Narx-navo

Yuqori imkoniyatli qurilmaning narxi ham yuqori bo‘lishi tabiiy. Hozircha aniq bir gap yo‘q-ku, lekin  iPhone 7 1000-1200 AQSh dollaridan sotilishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!