iPhone 7 bukiladimi? (Video)

iPhone 7 bukiladimi? (Video)

YouTube‘dagi JerryRigEverything kanalida yangi iPhone 7 smartfonining bukilishga qarshi testlari aks etgan video joylangan. Muallif iPhone 7 ekranini, Home tugmasini, dinamik, antenna slotlari va kamera linzalarini uchli vosita bilan qirib ko‘rgan.

Shundan keyin JerryRig shundan keyin ekranga yondirgich tutib, uning barqarorligini sinovdan o‘tkazgan. Ko‘rinib turganidek, telefon ekrani yuqori haroratga yaxshi bardosh qiladi. Sinovning so‘ngida muallif telefonni bukishga harakat qilgan.

Videodan shuni ko‘rish mumkinki, iPhone 7 kuchsiz zarbalarga dosh beradi, ammo bu uning butkul zarbalarga chidamliligini anglatmaydi. Ekran va Home tugmasi uchli materialdan foydalanilganligi sababli tirnalgan. Kamera va LED chiroqni cho‘ntak pichog‘i bilan qirib bo‘lmagan.

Biroq muallif Apple‘ning iPhone 7 smartfonining Home tugmasi va kamera linzalari sapfirdan ishlangan degan da’vosini shubha ostiga oladi. Sababi sapfir 9 balli qattiq jism bosimini qaytarishi mumkin. Videodagi testda esa 6-darajadagi qattiq jismdan foydalanilgan.

Telefon bukilishiga kelsak, bloger qancha harakat qilmasin iPhone 7‘ni butunlay bukishga va sindirishga muvaffaq bo‘lmagan. Faqat bukish natijasida ekran va korpus orasiga quyilgan yelimning chiqishini ko‘rsa bo‘ladi. Bu yelim qurilmani suv kirishidan himoyalash maqsadida qo‘llanilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!