iPhone 7 Plus olgan ilk suratlar chop qilindi

iPhone 7 Plus olgan ilk suratlar chop qilindi

Joriy yilning fevral oyida Apple rahbari Tim Kuk o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Amerikacha futbol bo‘yicha jahon kubogi musobqalarida iPhone 6s apparatida olingan fotosuratlarni e’lon qilgani uchun foydalanuvchilar tomonidan turli hazillarga ro‘baro‘ bo‘lgan edi. Ammo, Apple rahbari bularga e’tibor qilmasdan, kompaniya yaqindagina taqdim etgan iPhone 7 Plus telefon apparatida olingan navbatdagi fotosessiyani Twitter sahifasida e’lon qildi. Suratlarning asl talqini Sports Illustrated nashri tomonidan chop etilgan.
Ahamiyatli jihati shundaki, bu fotosessiyani olish uchun kompaniya rahbari shaxsan Sports Illustrated’ning sport bo‘yicha fotografi Devid Ye. Klutoni jalb qilgan. Ikki kamerali iPhone 7 Plus bilan “qurollangan” Amerikacha futbol bo‘yicha musobaqalarni suratga olgan.

Quyidagi fotosessiya “Jarayon yuzda namoyon” deb nomlandi.

Apple iPhone 7 Plus har biri 12 MPli qo‘sh kameraga ega bo‘lgan (diafragma — f/1.8). Qo‘sh kameralardan biri keng burchakli surat olsa, boshqasi fokusni o‘rnatadigan teleob’yektiv vazifasini bajaradi. Apple’ning ma’lum qilishicha ushbu kameralar sifatni saqlab qolgan holda ikki karralik optik zumda suratlar oladi. Shuningdek, bu texnologiya fokus nuqtasini nafaqat tasvirga olish paytida, balki undan keyin ham o‘zgaritirish imkonini beradi.
Kamera ob’yektivida 6 ta linza o‘rnatilgan. Endi fotochaqnoq 2 emas, 4 ta diodli bo‘ldi, ya’ni qorong‘u sharoitda suratlar endi yanada yorqin. iPhone 7 Plus’da old kamerada barqarorlashtirish tizimi o‘rnatilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!