iPhone 7 va iPhone 7 Plus’larda kutilmagan nuqson chiqdi

  •   DiMaX
  •  1390
  •  12.06.2018 15:41

iPhone 7 va iPhone 7 Plus’larda kutilmagan nuqson chiqdi

Elektronika mahsulotlari vaqt o‘tishi bilan eskirishi tabiiy, ammo odatdagidan tezroq eskirsa yaxshi emas-da. Ayniqsa, bu – o‘z mahsulotlarining mustahkam himoyasi bilan faxrlanuvchi kompaniya smartfoni bo‘lsa. Shu kunlarda Apple aynan shunday muammoga duch kelayotir.

O‘QING: iPhone X foydalanuvchilari allaqachon nuqsonlardan shikoyat qila boshlashdi

Gap shundaki, hali 2016 yildagina ishlab chiqarilgan iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus modellarini tutayotgan Apple ishqibozlaridan ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda. Smartfonlardagi mikrofonning buzilib qolishidan noluvchilar soni tobora ortib bormoqda.

Turli forumlar va ijtimoiy tarmoqlarda yozishlaricha, iPhone 7 va 7 Plus modellaridagi qurilmalar hatto odatiy sharoitlarda qo‘llanilsa ham o‘z-o‘zidan mikrofoni ishlamay qolmoqda. Bundan tashqari, ayfonni o‘chirib-yoqishga harakat qilinganida, u Apple logotipiga kelganida qotib qolayotganini ham yozishayotir.

Servis markazlari mutaxassislarining fikricha, yettinchi avlod ayfonlaridagi muammo ularning audiochipi asosiy platadan ajralib qolayotgani sababli yuzaga kelayotir. Bunga sabab smartfonlarning tushib ketishi va zarbalarga uchrashi, shuningdek cho‘ntakda egilishi bo‘lishi mumkin.

Apple esa ushbu masaladan boxabar ekanligini, muammoni o‘rganishga kirishganini ma’lum qilgan.

O‘QING: Eng benuqson iPhone modeli aniqlandi va bu...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.