iPhone 8: Apple’ning romsiz flagmani videoda aks etdi

iPhone 8: Apple’ning romsiz flagmani videoda aks etdi

Bugungi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari istiqboli, jumladan taqdim etilishi kutilayotgan yangi flagmanlar xususidagi mish-mishlar rassomlarni ham befarq qoldirayotgani yo‘q.

Jumladan, yaponiyalik rassom Saxanan Yoragasa “iPhone 8’ga ilk nazar” deb nomlangan asarini yaratishda navbatdagi ayfonga oid ma’lumotlarni umumlashtirib, uning konsept-art namunasini yaratdi. Rassom e’lon qilgan videoda smartfon ekranining maydoni kengayib, old panelning jozibadorligi oshgan.

Sentyabrda taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 8 nafaqat ichki apparat ta’minotining ilg‘orligi, balki tashqi ko‘rinishining tamoman o‘zgargani, jumladan ekran yonlaridagi deyarli sezilmaydigan rom dizayni bilan ham e’tiborli. Uning 5,5 dyuym, 2K sig‘imli displeyi, 4 GB operativ xotira va sig‘imi 3500 mA soat bo‘lgan batareya bilan ta’minlanishi kutilmoqda.


Joriy yilda — iPhone brendi o‘zining smartfon bozoridagi 10 yillik yubileyini nishonlaydi. Shu sababli ham Apple’ning “to‘yga to‘yona bilan” degan naqlga amal qilib, o‘ta ilg‘or va o‘ziga xos dizaynga ega smartfonni taqdim qilishi aytilmoqda. Jumladan, yangi ayfon flagmanining shishador korpus, o‘ta yupqa romga ega OLED matritsali displey, tugmasiz old panel, simsiz quvvatlash tizimga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Videoni tomosha qiling:

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!