iPhone 8'ning ilk partiyasi AQShga yo‘l oldi: buyurtma berish va sotuv sanasi ma’lum

iPhone 8'ning ilk partiyasi AQShga yo‘l oldi: buyurtma berish va sotuv sanasi ma’lum

Yangi iPhone'ning 12 sentyabrdagi "Stiv Jobs nomidagi teatr"da o‘tadigan taqdimotiga sanoqli kunlar qolmoqda. Techtastic.nl nashri Foxconn texnologiyalar fabrikasida Apple'ning AQShga jo‘natilayotgan, yangi avlod ayfonlari o‘rin olgan o‘ramlarning suratini e’lon qildi.

Suratlar sifati past bo‘lgani uchun unda iPhone flagmanlari borligini isbotini topmagan bo‘lsa ham, jo‘natmalar "kremniy vodiysi"dagi ko‘plab ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi Morrison Express transport kompaniyasi uchun tayyorlangani katta ehtimol bilan bu qutilarda AQShda 22 sentyabrdan sotuvga chiqarilishi reja qilingan iPhone 8'ning ilk partiyasi borligini tasdiqlaydi.

Macrumors nashri avvalgi ayfonlarning taqdimoti va buyurtma qabul qilish sanasini tahlil qilib, bu yilgi ayfonga qachondan buyurtma olinishini aniqladi. Unga ko‘ra:

 iPhone 5 (2012) – 12 sentyabr (taqdimot), 14 sentyabr (avvaldan buyurtma olish), 21 sentyabr (sotuvga chiqarilgan);

iPhone 5s (2013) – 10 sentyabr (taqdimot), buyurtma olinmagan, 10 sentyabr (sotuvga chiqarilgan);

iPhone 6/6 Plus (2014) – 9 sentyabr (taqdimot), 12 sentyabr (avvaldan buyurtma olish), 19 sentyabr (sotuvga chiqarilgan);

iPhone 6s/6s Plus (2015) – 9 sentyabr (taqdimot), 12 sentyabr (avvaldan buyurtma olish), 25 sentyabr (sotuvga chiqarilgan);

iPhone 7/7 Plus (2016) – 7 sentyabr (taqdimot), 9 sentyabr (avvaldan buyurtma olish), 16 sentyabr (sotuvga chiqarilgan);

Agar mazkur jadvalga asoslanadigan bo‘lsak, Apple bu yilgi flagmanlari uchun  15 sentyabrdan buyurtma olishni boshlaydi.


iPhone 8 yangicha dizayndagi, romsiz 5,8 dyuymli OLED-ekranga ega bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple bu gal Touch ID barmoq izlari skaneridan voz kechadi. Uning o‘rniga yangi avlod ayfoni yuz-qiyofa skaneri bilan ta’minlanadi. So‘nggi xabarlardan ma’lum bo‘lishicha, iPhone 8'ning boshlang‘ich talqini 64 gigabaytli doimiy xotira bilan ta’minlanadi. Bu talqin taxminan 1000 dollardan sotuvga chiqadi.

Shuningdek, 12 sentyabrda iPhone 7s hamda iPhone 7s Plus smartfonlarining ham prezentatsiyalari bo‘lib o‘tadi. Ularning dizayni avvalgi flagmanlarga o‘xshasa ham, yangicha innovatsion jihatlarga ega bo‘lishadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!