iPhone 8'ning qimmatlashishiga Samsung aybdor bo‘lib chiqdi

iPhone 8'ning qimmatlashishiga Samsung aybdor bo‘lib chiqdi

12 sentyabrda namoyishi kutilayotgan Apple'ning iPhone 8 flagmani kamida 1000 dollardan sotilishi kutilmoqda. Tahlilchi Ming-Chi Kuo smartfonning nega bu qadar qimmatlashib ketishiga izoh berdi.

Kuoning so‘zlariga ko‘ra, iPhone 8 narxining bu qadar oshib ketishi unga o‘rnatiladigan OLED-displey ta’minoti bilan bog‘liq. Ma’lumki, Samsung kompaniyasi OLED matritsali displeylarning ixtirochisi sifatida, bu turdagi ekranni ishlab chiqarishda "yakka hokim" hisoblanadi. iPhone uchun OLED-panellarni ishlab chiqarish va ularga narx belgilash ham Samsung kompaniyasining ixtiyorida. Natijada, har bir yangi iPhone'ning OLED-paneli uchun Apple 120-130 dollar sarf qilishi kerak. Taqqoslash uchun aytamiz, bir dona iPhone 7 hamda  iPhone 7 Plus flagmanlarining LCD-moduli uchun Apple 45-55 dollar sarflagan.

OLED-displeylardan tashqari, iPhone 8'da qiyofani taniydigan 3D-skaner kabi qimmatbaho tarkibiy qismlardan ham foydalanadi. Shu bois ham, Ming-Chi Kuo iPhone 8 uchun 1000 AQSh dollari so‘ralishi tabiiy ekani, qimmatbaho turkum smartfoni qimmat bo‘lishini ma’lum qilgan.

Analitik kelajakda iPhone narxini arzonlashtirish uchun Apple OLED-panel yetkazib beruvchi boshqa ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlik qilishi kerakligini aytmoqda. Hozircha bunday salohiyatli ishlab chiqaruvchi jahonda yo‘q. 2019 yilda LG Display korxonasigina amerikalik smartfonsozga zarur ilg‘or ekranlarni yetkazib berishi mumkin bo‘ladi.