iPhone 8 uchun Samsung AMOLED ekran yetkazib beradi

iPhone 8 uchun Samsung AMOLED ekran yetkazib beradi

iPhone Hakcs nashrining yozishicha, kelgusi yildan Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi katta ekranli iPhone 8 uchun AMOLED displeylar yetkazib berishni boshlaydi.  Samsung joriy ishlab chiqarish quvvati bilan oyiga 20 mln dona AMOLED displey tayyorlashi mumkin.

Nashrda qayd etilishicha, 2017 yilda Apple LCD ekranli 4,7 va 5,5 dyuymli iPhone`lar, shuningdek, 5,8 dyuymli qayirma AMOLED ekran o‘rnatilgan premium iPhone versiyasini taqdim etishi kutilmoqda.  Aynan mana shu premium model uchun Samsung ekran yetkazib berishi ko‘zda tutilgan.

Ilk iPhone 8 qurilmalari sotuvdagi uzilishlarni bartaraf etish maqsadida kelgusi yilning mart oyidan boshlab Xitoyda kam partiyalarda tayyorlanadi. iPhone 7 bilan sodir bo‘lgan mana shunday yetishmovchilik tufayli Apple yangi modellarni ertaroq ishlab chiqarishga qaror qilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!