iPhone’da kontaktga alohida rington o‘rnatishning eng oson usuli

  •   DiMaX
  •  1979
  •  01.08.2018 14:53

iPhone’da kontaktga alohida rington o‘rnatishning eng oson usuli

Kimdir qo‘ng‘iroq qilganida yoki SMS-xabar yozganida, ayfoningizga qaramasdan turib, rington ovozidanoq uning kimligini aniqlashni istaysiz-a? Buning uchun telefoningizdagi tegishli kontaktlar uchun alohida ringtonlar belgilab qo‘yish kerak bo‘ladi.

O‘QING: iOS uchun Telegram 4.8.2 talqini chiqdi – endi kontaktlarni oson boshqarasiz!

iPhone’da kontaktlaringiz ro‘yxatidagi biror tanishingizdan keladigan qo‘ng‘iroq uchun alohida, xabar uchun alohida rington tayinlash mumkin. Rington o‘rnatishning usullari ko‘p, ko‘pincha yo‘riqnomalarda buni «Kontaktlar» «Kontakti» ilovasi orqali amalga oshirish taklif etiladi. Ammo mazkur ilova ko‘pincha bosh ekranda emas, balki jildlardan birining ichida bo‘lgani uchun ushbu usul noqulay.

Biz esa quyida buning eng sodda va qulay yo‘lini birga ko‘rib chiqamiz.

KONTAKT UChUN QO‘NG‘IROQ RINGTONI BELGILASh

1-QADAM. «Telefon» ilovasini ochib, «Kontaktlar» – «Kontakti» varaqasini tanlang.

2-QADAM. Kimning qo‘ng‘irog‘i uchun alohida rington o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, o‘shani tanlang. Ochilgan oynaning yuqori o‘ng burchagidagi «Tahrirlash» «Pravit» tugmachasini bosing.

3-QADAM. «Rington» opsiyasini tanlang va o‘rnatiladigan ringtonni ko‘rsating.

4-QADAM. Sozlamalarni saqlash uchun «Tayyor»«Gotovo» tugmachasini bosing. Endi shu kontaktdan qo‘ng‘iroq kelganida, mana shu siz o‘rnatgan rington kuyi jaranglaydi.

KONTAKT UChUN SMS RINGTONI TAYINLASh

1-QADAM. «Telefon» ilovasini ochib, «Kontaktlar» – «Kontakti» varaqasini tanlang.

2-QADAM. Kimdan kiruvchi SMS-xabarlar uchun alohida rington o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, o‘shani tanlang.

3-QADAM. Shu yerdagi «Xabar ovozi»«Zvuk soobщ.» tugmachasini bosib, kerakli ringtonni tanlaysiz.

4-QADAM. «Tayyor»«Gotovo» tugmachasini bosib, sozlamalarni saqlab qo‘yasiz. Endi shu kontaktdan SMS kelsa, mana shu tayinlangan ovoz yangraydi.

O‘QING: iPhone’ni endi ishlata boshlaganlarga maslahatlar

RINGTONLARNING QO‘ShIMChA PARAMETRLARI

Ringtonlar sozlamalarida bir nechta foydali funksiyalar borki, ularni ham bilib qo‘ysangiz, kerakli paytda ishlatasiz.

  • «Favqulodda vaziyatlarda kuchaytirish» «Forsirovaniye pri ChP»: bu maxsus rejim bo‘lib, smartfonda «Bezovta qilinmasin» «Ne bespokoit» funksiyasi yoqilgan bo‘lsa ham, mana shu belgilangan kontaktdan ovozli va vibratsiyali bildirishnomalar keladi.
  • «Vibratsiya»: biror kontakt uchun vibratsiyaning muayyan bir turini tayinlash imkonini beradi.
  • «Tovushlar do‘koni» «Magazin zvukov»: iTunes Store’dagi ovozlar do‘konini ochadi; u yerda Apple’ning ulkan jamlanmasidan kerakli ringtonlarni topib, yuklab olish mumkin.

O‘QING: iOS’dagi kontaktlarni Androidga qanday o‘tkazamiz?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!