iPhone’dagi ma’lumotlarni Galaxy Note 8’ga oson ko‘chirishni Samsung ko‘rsatib berdi

  •   DiMaX
  •  1386
  •  20.09.2017 12:20

iPhone’dagi ma’lumotlarni Galaxy Note 8’ga oson ko‘chirishni Samsung ko‘rsatib berdi

Samsung Electronics o‘zining rasmiy YouTube-kanalida iPhone egalari uchun qisqa, ammo foydali videorolik chiqardi. Unda iOS boshqaruvi ostidagi smartfondan barcha shaxsiy ma’lumotlarni yangi Galaxy Note 8 fabletiga ko‘chirib o‘tkazishning osongina yo‘li o‘rgatiladi.

Mazkur transferni amalga oshirish uchun Galaxy Note 8 jamlanmasida keladigan maxsus o‘tkazgich (perexodnik), Lightning-kabel va Samsung’ning firma ilovasi – Smart Switch kerak bo‘ladi. Foydalanuvchi ham bu amalni bajarish uchun professional bo‘lishi shart emas. Undan talab etiladigani – kabel yordamida ikkita qurilmani o‘zaro bog‘lash va Smart Switch utilitasini ishga tushirish, xolos.

Mana, o‘zingiz tomosha qiling-da:

Guvohi bo‘lganingizdek, ulangan iPhone ekranida paydo bo‘lgan «Doveryat» tugmachasini bosganingizdan so‘ng, skanerlash jarayoni boshlanadi. Siz faqat Galaxy Note 8’ga ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lganingiz – ma’lumotlar va sozlamalarni tanlab, so‘ng ularning transfer qilinishini tasdiqlab yuborsangiz bas.

Aytish kerakki, transfer jarayoni ko‘chiriladigan ma’lumotning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Smart Switch ilovasini esa mana bu havola orqali ko‘chirib olishingiz mumkin.

Xo‘sh, sinab ko‘rasizmi?