iPhone fabrikasi ishchilari qanday sharoitda yashaydi?

iPhone fabrikasi ishchilari qanday sharoitda yashaydi?

Xayolingizga dastlab kelgan shohona turmush haqidagi fikrdan qayting. Bu safar hafsalangizni pir qilishga to‘g‘ri keladi. The Daily Mail muxbiri Applening Shanxay atrofidagi Pegatron va Foxconn fabrikasi ishchilari istiqomat qiladigan yotoqxona sharoitini ko‘zdan kechirib suratga tushirdi. Ayfon ustalari mutlaqo nobop sharoitda yashayotganligi kishini lol qoldiradi, yotoqxonada suv va elektr yo‘q.

8-12 kishilik xonalarga 2 qavatli eski karavotlar o‘rnatilgan. Yuvinish xonalari kir, umumiy dushxona, pardalar iflos. Unitaz o‘rniga ochiq kanalizatsion qopqoqlardan foydalaniladi. Oshxona jihozlari zang bosgan, tozalikdan asar yo‘q. Shu yotoqxonada ishchilar pul to‘lab yashaydilar.

Pegatron fabrikasining sobiq xodimlaridan birining muxbirga aytishicha, ishchilarga xuddi robot singari munosabatda bo‘lishadi. Applening inson haqlariga rioya qilish haqidagi bayonotlari el ko‘ziga xolos. Aslida esa boy kompaniyaga qarashli fabrika ishchilari nobop sharoitda ishlab arzimas haq olyaptilar.

Apple bu masalada ko‘p bora tanqidlarga uchragan. Oxirgi marta 2012 yilda xodimlar haftasiga 60 soatdan ortiq ishlab qo‘shimcha haqni ololmayotganliklari va xavfsizlik me’yorlariga rioya qilmasdan ishlayotganliklari uchun ayblangan. Shunda Apple va Foxconn ish sharoitini yaxshilashga va’da bergandi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.