iPhone'ga uchinchi kamera nimaga kerak?

iPhone'ga uchinchi kamera nimaga kerak?

Apple sa’y-harakatlari evaziga 2017 yil hamda 2018 yilda taqdim qilingan aksariyat smartfonlar uchun qo‘sh sensorli bosh kameraga ega smartfon odatiy tendensiyaga aylandi. Endi kompaniya iPhone qurilmasining bosh kamerasiga uchinchi modulni qo‘shishni reja qilyapti. Bundan asosiy maqsad kamera texnologiyasini takomillashtirish.

2016 yilda smartfon bosh kamerasiga qo‘sh ob’yektiv nega kerakligini ham ham tushunmagan edi. Apple o‘shanda smartfonda "portret fotosurat" funksiyasini tatbiq qilish uchun ham bu trendni boshlagan edi. Korporatsiya muhandislari bu orqali orqa foni g‘ira-shira qilingan suratni endi kamerafonda ham olish mumkinligini isbot qila olishdi. Raqiblar esa tez orada bu texnologiyani o‘zlashtirib oldilar. Endi "qo‘sh ko‘z"ni Xiaomi kompaniyasining arzon devayslarida ham uchratish mumkin.

Shu bilan birga, raqiblar to‘xtab qolishmadi. LG ikkinchi sensorga ikkinchi keng burchakli modulni o‘rnatib, kadrga ko‘proq manzarani aks ettirish chorasini ko‘rdi. Huawei esa ikkinchi modul sifatli oq-qora suratlar olishi kerak deb hisobladi. Google o‘z yechimini taklif qildi va orqa fonni dasturiy ta’minot tizimi yordamida xiralashtirish texnologiyasini joriy qildi.

So‘nggi yillarda smartfon kamerasi undagi eng muhim "kuchli uch jihat" qatoriga qo‘shildi. Ishlab chiqaruvchi ham buni yaxshi tushunib, yangicha kamerafon texnologiyasini ilgari surishga harakat qilmoqda. Misol uchun, sekinlashtirilgan video, 4K-video, qo‘sh ob’yektivli kamera... Va nihoyat, "uch ko‘zli" smartfonlarga navbat keldi.

Hozircha Huawei bu borada oldinda. Apple esa mazkur trendni o‘zlashtirishga shoshayotgani yo‘q. Ekspertlarning fikricha, Apple joriy yil an’anaviy, portret hamda keng burchakli surat oladigan iPhone tayyorlashi kerak. Ya’ni, undagi uchinchi sensor asosan keng burchakli suratlar olishda kerak bo‘ladi. Bunday smartfonni esa 2019 yilda ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!