iPhone ishlatasizmi? Unda Apple sizga kompensatsiya to‘laydi

iPhone ishlatasizmi? Unda Apple sizga kompensatsiya to‘laydi

Millionlab iPhone egalari Apple'ning qiymati 500 million dollar bo‘lgan kompensatsiya budjetidan o‘z ulushlarini talab qilishlari mumkin.

Apple eski iPhone'larni tizim yangilanishlari orqali ataylab sekin ishlaydigan qilib kelayotganini axiri tan olgach, o‘z mijozlariga buning badalini to‘lashga rozi bo‘ldi.

Kompaniyaning tushuntirishicha, eski iPhone'larni sekinroq ishlaydigan qilib qo‘yishdan maqsad ularning akkumulyatorini himoya qilish bo‘lgan.

Ammo foydalanuvchilarning ko‘pi bu mijozlarni yangi va tez ishlaydigan iPhone olishga majbur qilish uchun amalga oshirilgan, deb hisoblamoqda.

Agar siz ham iPhone ishlatsangiz, qurilmangiz 2017-yil 31-dekabrdan oldin chiqarilgan bo‘lsa va smartfoningiz sekin ishlayotgan bo‘lsa, Apple'dan 25 dollargacha bo‘lgan kompensatsiya talab qilishga haqlisiz.

Kompaniya quyidagi iPhone'lar va ular ishlaydigan operatsion tizimlar uchun kompensatsiya to‘laydi:

•iPhone 6 (iOS 10.2.1 yoki undan keyingi);
•iPhone 6s (iOS 10.2.1 yoki undan keyingi)
•iPhone 6s Plus (iOS 10.2.1 yoki undan keyingi)
•iPhone SE (iOS 10.2.1 yoki undan keyingi)
•iPhone 7 (iOS 11.2 yoki undan keyingi)
•iPhone 7 Plus (iOS 11.2 yoki undan keyingi)

Da’vo arizangizni 6-oktyabrgacha onlayn ravishda taqdim qilishingiz mumkin. Har bir qurilma uchun faqat bir marta naqd ko‘rinishda mablag‘ to‘lab beriladi. Agar siz yuqoridagi talablarga javob beradigan birdan ko‘p iPhone ishlatsangiz, har bir telefon uchun alohida ariza topshirasiz. Ariza topshirish uchun bu yerga bosing.

O‘QING: Google hamda Apple monopoliyasiga Huawei qattiq zarba berdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!