iPhone savdosi bo‘yicha Apple yangi rekord o‘rnatdi

iPhone savdosi bo‘yicha Apple yangi rekord o‘rnatdi

IDC tahlil kompaniyasi yangi hisobot e’lon qildi, unga ko‘ra 2015 yilda Apple kompaniyasi katta yutuqlarga erishgan. Jahon bozoriga smartfonlarni yetkazib berish borasida 2014 yilga nisbatan ko‘rsatgich 20,2%ga oshgan, hamda iPhone smartfonlari 231,5 mln dona sotilgan. Bu esa rekord ko‘rsatgich hisoblanadi. Bunday o‘sishning asosiy sabablaridan biri, ko‘pgina raqobatdosh kompaniyalar arzon qurilmalar ishlab chiqarishni ilgari surayotgan bir vaqtda, Apple qimmat narxdagi smartfonlarini yetkazib berishda davom etmoqda. IDC tahminlariga ko‘ra, 2016 yil Apple bu kabi yuqori natijalarga erisha olmaydi. Sababi kompaniya Trade-in dasturini ishga turshirgan. “Trade-in dasturi qoidalariga ko‘ra, eski smartfon egasi uni yangisiga almashtirishi mumkin, buning natijasida qurilmalarga bo‘lgan potensial talabni o‘rganish imkoni paydo bo‘ladi”, deydi IDC dasturi rahbari Rayan Reyt.

Bundan tashqari, tarmoqlarda Apple’ning Hindiston bozoridagi sotilgan qurilmalari bo‘yicha Xiaomi’ni quvib o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalgan. Qayd etish joizki, bunga erishish iPhone 5S, iPhone 6 va iPhone 6 Plus smatfonlari narxlarini katta tomonga to‘g‘rlanishi bilan bog‘liq. Avval smartfonlar bozoridagi ulushi 3,5%ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda Xiaomi’ni quvib o‘tgan holda 4,6%ga yetib olgan. Hisobotda yana $300 dan qimmat smartfonlar savdosi bo‘yicha ham yetakchi ekanligi ko‘rsatilgan. Bu haqda 4pda resursi xabar bergan.

Manba: ITportal.uz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!