«iPhone SE 2» haqidagi ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1857
  •  21.11.2017 12:05

«iPhone SE 2» haqidagi ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Applening ixcham smartfoni iPhone SE dunyo miqyosida ko‘pchilik foydalanuvchilarga ma’qul kelgan. Ayrim mamlakatlarda u sotilish bo‘yicha hatto ilg‘or flagmanlarni ham ortda qoldirdi. Natijada korporatsiya bu modelni yangilangan talqinda ishlab chiqarishga qaror qildi, deb yozadi GizChina.

O‘QING: iPhone SE’ning ikkinchi avlodi 2018 yil boshida sotuvga chiqarilishi mumkin

Aytish kerakki, yangilangan iPhone SE xuddi «yubiley ayfoni» uslubida – romsiz ekranli dizaynga ega bo‘lishi haqida ham mish-mishlar bor. Biroq hozircha bu ma’lumotlar tasdiqlangan emas, uning videosi ham shunchaki konsept ekanligini yodda tutishimiz lozim.

O‘QING: iPhone X uslubidagi klassika: romsiz iPhone SE’ning foto va videosi chiqdi!

Xabarga ko‘ra, hozircha shartli ravishda «iPhone SE 2» deb nomlanayotgan qurilma tashqi ko‘rinishi jihatidan hech qanday o‘zgarishga uchragan emas. Yangi «mitti ayfon» ekrani diagonaliga 4 dyuym o‘lchamga ega.

Shuningdek, unda Face ID yuzni tanish texnologiyasi bo‘lishini ham kutmaslik kerak. Foydalanuvchining shaxsini tasdiqlash uchun old panelda barmoq izi skaneri – Touch ID qoladi. To‘g‘ri, kompaniya bu sensorning nisbatan tez ishlovchi yangi versiyasini tatbiq etishi ehtimoli yuqori.

Yangi modeldagi eng muhim o‘zgarish uning apparat platformasiga tegishli –iPhone SE’ning yangilangan talqiniga, xuddi iPhone 7’dagi singari, Apple A10 Fusion protsessori o‘rnatiladi.

O‘QING: iPhone SE’ni sotib olish uchun 5 ta muhim sabab

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone SE 2 narxi 450 AQSh dollari miqdorida bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, uning original modeli 16 gigabaytlik boshlang‘ich konfiguratsiyada dastlab 400 dollarga baholangan, keyinchalik esa arzonlatilib, 350 dollarga tushirilgan.

O‘zbekistonda ham iPhone SE va Apple smartfonlarining boshqa modellari savdoga qo‘yilgan, ularning narx-navosi bilan muntazam tanishtirib kelmoqdamiz.

O‘QING: «Malika»da iPhone’lar arzonlashmoqda, so‘mdagi narxlar bilan tanishing! (2017 yil 20 oktyabr)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.