iPhone SE 2 reklamasi YouTube’ga chiqdi – uning taqdimoti yaqinmi?

  •   DiMaX
  •  2085
  •  24.05.2018 19:30

iPhone SE 2 reklamasi YouTube’ga chiqdi – uning taqdimoti yaqinmi?

Hozirgi paytda kupertinolik texnogigantning ikkinchi avlod ixcham ayfoni – iPhone SE 2 modeli butun dunyoda eng kutilayotgan smartfonlardan biridir. Bu qurilmaning bir nechta suratlari, videolari tarqalgan bo‘lsa-da, Apple ulardan birortasini ham tasdiqlamagan.

O‘QING: iPhone SE 2 «jonli» videoda ko‘rsatildi: feykmi yoki haqiqiy?

YouTube videoxostingidagi Concept Creator kanalida esa hali taqdim etilmagan va hatto rasman ma’lum qilinmagan shu iPhone SE 2 reklamasi e’lon qilindi. Devaysning tashqi ko‘rinishi u haqda shu paytgacha tarqalgan ko‘plab mish-mishlarga mos keladiki, bu hol kishini ushbu telefonning haqiqiyligiga ishonishga undaydi.

iPhone SE 2 (2018) modeli ham kupertinoliklarning yubiley superflagmani kabi romsiz, «o‘yiq»li ekranga ega bo‘lishi mumkin. Ammo uning korpusi o‘zgarishsiz – original iPhone SE modelidagi kabi qoladi. Yangi avlod ixcham ayfon ham Face ID tizimi bilan jihozlanishini aytishmoqda. Concept Creator dizaynerlari tayyorlagan ushbu konsept videoda ham shuni ko‘rishimiz mumkin:

Apple mazkur smartfonini qachon taqdim etishi borasida ikki xil fikr bor. Ayrimlar uni kuzda, kupertinolikning asosiy ayfonlari bilan birga namoyish etilishini aytishsa, qolganlar keyingi oyning boshidayoq bo‘lib o‘tadigan WWDC 2018 anjumanida rasman ko‘rsatilishini ilgari surishayotir.

O‘QING: Nihoyat, Apple rasman iPhone SE 2 va boshqa gadjetlar taqdimotiga taklifnoma tarqatdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!