iPhone SE 4 smartfoni iPhone XR dizaynida chiqariladi

iPhone SE 4 smartfoni iPhone XR dizaynida chiqariladi

Joriy yilning mart oyida Apple o'zining o'rta darajali iPhone SE smartfoni yangi avlodini, iPhone SE 3 yoxud iPhone SE 2022 modelini taqdim qildi. Aytish kerakki, qurilma faqat ichki tomondan o'zgarishlar va yaxshilarga ega bo'lib, uning tashqi ko'rinishi avvalgisidek, iPhone 8 dizayniga asoslangan holda chiqarilgan. Biroq, bu dizayn iPhone SE modellari uchun an'anaviy bo'lib qoldi deyishga shoshilmang, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, yangi avlod iPhone SE modeli hozirgisidan butunlay boshqacha, lekin siz avval iPhone smartfonlarida ko'rgan dizaynda chiqariladi.

Taniqli YouTuber Jon Prosserning Gear Up podkastida ma'lum qilishicha, iPhone SE 4, yoxud keyingi avlod iPhone SE modeli "shunchaki iPhone XR" ko'rinishida bo'ladi. Bu shuni anglatadiki, Apple eski iPhone 8 dizayni: katta ramkalar bilan "Home" tugmasi dizaynidan voz kechib, kichikroq ramkalar va FaceID uchun kompaniya iPhone 14 Pro modellarida olib tashlashi kutilayotgan katta tirqish dizayniga o'tadi. 

iPhone XR smartfoni

Hozirgi iPhone SE modeli 4.7 dyuymli displeyga ega. Agar mish-mishlar to'g'ri bo'lsa, ushbu ko'rsatkich xuddi iPhone XR modelida bo'lgani kabi 6.1 dyuymga cho'zilishi mumkin. Shuningdek, iPhone XR modeli iPhone SE dan ko'ra kattaroq batareya hajmiga ega edi, shunday ekan, navbatdagi iPhone SE ham uzoqqa yetadigan batareya bilan chiqarilishi tahmin qilinmoqda. 

iPhone SE 2022 smartfoni

Apple hozirgi iPhone SE modelini o'zining eng so'nggi modeldagi chipseti, A15 bilan ta'minlagan va bu yangi model uchun amal qilishi mumkin. Ta'kidlash joizki, iPhone 13 smartfonlari ham ushbu chipset bilan chiqarilgan va bo'lajak iPhone 14 modellarida ham chipset borasida biror o'zgarish bo'lishi kutilayotgani yo'q.

Kameralarga keladigan bo'lsak, hozirgi iPhone SE ham, iPhone XR ham f/1.8 diafragmali 12 MP orqa kamera va f/2.27 diafragmali 7 MP megapikselli old kameraga ega. Albatta, yangi avlod iPhone SE modeli yaxshilangan kamera xususiyatlari bilan chiqarilishi mumkin, lekin hozircha qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlar mavjud emas. 

Prosser bir necha kundan keyin taqdim qilishini kutilayotgan iPhone 14 qatori oldingisidan qimmatroq narxda chiqarilishini hisobga olgan holda, yangi byudjet smartfonlar keyingi yiliyoq chiqarilishiga ishonashini ma'lum qilgan. 

O'QING: Android smartfonlar uchun navbatdagi shirinlik - "Teskari tort"ni tayyorlash keyingi yildan boshlanadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!