iPhone va boshqa smartfonlar qimmatlashadi: sabab?

  •   Saroy
  •  2293
  •  28.08.2018 15:17

iPhone va boshqa smartfonlar qimmatlashadi: sabab?

Sentyabr oyida namoyishi kutilayotgan yangi iPhone sezilarli ravishda yaxshilanadi, asosiysi,  iPhone X modeli bilan solishtirganda anchayin arzon bo‘ladi. Ammo, chamasi bu uzoqqa cho‘zilmaydi. Buning barchasiga aybdor — Nokia, Ericsson va Qualcomm hamda ularning litsenziyalashtirilgan 5G texnologiyasiga tayanishidir. Bu ayniqsa iPhone uchun qattiq zarba bo‘ladi, qolaversa  bu ko‘ngilsizlik faqat Apple smartfonlari bilan cheklanib qolmaydi.

Nokia litsenziya uchun har bir 5G-qurilmasiga 3 yevro (3,49 doll.) olishini e’lon qildi, Ericsson 5 dollar olmoqchi,  Qualcomm esa qurilma narxining 2,275 foizi miqdorida (ko‘pi bilan 400 dollargacha)to‘lov talab qilmoqchi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu Apple’ning har bir iPhone’ga qilgan harajati uchun yana 21 dollar qo‘shiladi, deganidir. Ammo xaridorlar yana ham ko‘proq to‘lashga to‘g‘ri keladi.

O‘QING:Nokia’ning navbatdagi flagmani iPhone X’dan qimmat, ammo bu bekorga emas!

Gap shundaki,  Apple smartfonlar uchun har doim eng ko‘p marja oladi. Masalan, iPhone X’ga belgilangan 999 dollarlik narx  OLED-paneliga  (35 dollarov) o‘tish natijasida bo‘ldi. Chunki u LCD’ga qaraganda 20 dollarga qimmat. Ya’ni, taxminan  5G narxicha. Yaxshiyamki, iPhone’ning yaqin oradagi avlodlari 5G’siz chiqadi, demak arzon bo‘ladi.

Boshqa tomondan olib qaraganda, masalan Samsung Galaxy S10 ham 5G’ni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi. Ammo bu uning narxiga qanday ta’sir etadi, hozircha hech kim bilmaydi. iPhone 2019 yilda 5G bilan chiqa boshlaydi. Keyin esa unga muqobil bo‘lgan top brendlar ortidan boshqa ishlab chiqaruvchilar ham ushbu yo‘ldan ketishga intiladi, natijada ular ham qurilmalari narxini osmonga olib chiqadi. Bir so‘z bilan aytganda, hozircha arzon, xarid qilib qoling

O‘QING:Galaxy S: uyg‘onish, parvoz, sudlashish, muammolar va yana mukammallik cho‘qqisi sari – hammasi 9 yilda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!