iPhone X Apple’ning “xit”iga aylanmadi
Counterpoint agentligining xabar berishicha, 2018 yil avgust oyining oxirigacha bozarga jami 63 million dona iPhone X chiqarilgan. Biroq bu baribir o‘tgan yilning shu davrida sotilgan iPhone 6 sonidan oz. Shunday bo‘lsada, iPhone’ning mazkur modeli savdosidan tushgan daromad yomon bo‘lmadi.
Xabarda aytilishicha, smartfonlar bozori to‘lib toshganligiga qaramay, iPhone X Apple’ga smartfonlarning o‘rtacha narxini sezilarli ravishda ko‘tarib olishga yordam bergan. O‘sayotgan marjinallik uncha yaxshi sotilmagan qurilmalardan ko‘rgan kamomadni qoplab ketdi. Natijada iPhone X ishlab chiqaruvchiga 10 oy ichida 62 milliard dollarlik foydani ta’minladi va Apple’ning narxi trillion dollarga chiqqan birinchi kompaniya bo‘lishiga yordam berdi.
O‘QING:iPhone XS: 2 milliard yillik materialdan yasalgan korpus
iPhone X ko‘plab rivojlangan bozorlarda ikki choraklik davomida qimmat bo‘lishiga qaramay, eng ko‘p sotilgan model bo‘ldi. Garchi, tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, yangi gadjet Apple’ga yangi foydalanuvchilar ortirishi uchun yordam berolmagan bo‘lsa-da, yuqori marja barchasini qoplab ketdi. «Shunday ekan, buni omadsizlik deyish qiyin», — deb yozadi ekspertlar.
iPhone savdosining qariyb uchdan biri iPhone X modeli hissasiga to‘g‘ri kelgan. iPhone X’dan ko‘rilgan daromad Samsung’ni qo‘shmaganda, o‘tgan 10 oyda qolgan beshta ilg‘or smartfon brendlarnikidan yuqori bo‘ldi.
Ekspertlarning bashorat qilishlaricha, mazkur anonsdan keyin arzonroq JK-displeyli iPhone modellari Apple’ga yanada ko‘p foyda keltira boshlaydi, chunki nisbatan arzon romsiz smartfon yangi xaridorlarni o‘ziga jalb etishi kutilmoqda.
O‘QING:"Malika"dan iPhone X o‘rniga olish mumkin bo‘lgan 5 ta arzon smartfon