iPhone X'da kichik bir muammo bor

iPhone X'da kichik bir muammo bor

iPhone X'ning ilg‘or va yorqin displeyi ustidan joy olgan bir bo‘lak "qirqim", ya’ni qator sensor va datchiklar o‘rin olgan o‘yiq joy o‘yin hamda video tasvirning bir bo‘lagini "yutib qo‘yadi". Ya’ni, kontentning ana shu o‘yiqqa to‘g‘ri kelgan qismi ko‘rinmay qoladi.
Hozircha masala ilova ishlab chiqaruvchilarining mahoratiga bog‘liq bo‘lib turibdi. Boisi, ular o‘z ilovalarini bu dizaynga moslashtirgunlariga qadar bir necha hafta kerak bo‘ladi.

 

Apple korporatsiyasi zamondan orqada qolmaslik uchun iPhone X flagmanini romdan xoli dizaynda, old panelni to‘liq displeydan iborat shaklda ishlab chiqarishga qaror qilgan. Bungacha xuddi shunday "beso‘naqay" deb hisoblangan "orolcha"ga Essential PH-1 smartfoni ega bo‘lgan.

Apple ilova ishlab chiqaruvchilaridan iPhone X'ning bu jihatini taqdimotgacha yashirgani bois, 3-tomon, ya’ni Apple va uning hamkor dastur ishlab chiqaruvchilari bu noqulaylikdan birdan shoshib qolishdi. Ularda esa iPhone X bilan bog‘liq bu masalani hal qilish uchun 3 noyabrga qadar imkon bor.



Senga limon otishsa, sen limonad tayyorlab ich!
Apple hozircha bu jihatga e’tibor bermaslikni va buning yaxshi tomonini ko‘rishni so‘ramoqda. Kompaniyaning fikricha, bu jihat misoli limon -- dushmanlar uni kompaniyaga xohlagancha otishlari mumkin. Biroq, bu o‘rinda undan limonad tayyorlash -- eng yaxshi chora.

Misol uchun, dastur ishlab chiqaruvchilari bu o‘yiq bois, displeyning ikki yonida yuzaga keladigan bo‘sh joylarga turli amallarni bajaruvchi virtual tugmalar, har xil funksiyalarni bajaruvchi jihatlarni tatbiq qilish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!