iPhone X eng qimmat va eng arzon sotiladigan mamlakatlar bilan tanishing

iPhone X eng qimmat va eng arzon sotiladigan mamlakatlar bilan tanishing

Apple 12 sentyabrda taqdim qilgan iPhone X uchun avvaldan buyurtmani 27 oktyabrdan boshlab rasmiylashtirish mumkin. Sotuvga kumush yoki kul rangli korpusda chiqariladigan flagmanning 64 va 256 gigabaytli doimiy xotirali talqinlari ishlab chiqariladi. Tezkor xotira sig‘imi esa 3 gigabayt.  

Flagman 3 noyabrdan sotuvga chiqariladi. Uning narxi AQShda 999 dollardan boshlanadi! Eng qimmati esa $1,149 dollardan sotiladi. 

Boshqa mamlakatlarga yangi ayfon yanada qimmatlashib kirib boradi. Jumladan, Italiya, Irlandiya hamda Rossiya iPhone X eng qimmat narxda sotiladigan mamlakatlar hisoblanadi.

Xususan, eng ilg‘or ayfonning eng arzon talqini Italiyada 1,415, Irlandiyada 1,404 hamda Rossiyada 1,387 AQSh dollaridan sotiladi. Hindiston, Fransiya kabi davlatlarda esa bu modelning 1,380 AQSh dollaridan sotilishi ma’lum bo‘lgan. Mazkur talqin Xitoyda 1,274 dollardan sotuvga chiqariladi.  

iPhone X'ning arzonligi bo‘yicha AQSh dan keyingi o‘rinlarda Yaponiya va Kanada turibdi. Bu mamlakatlarda 64 gigabaytli talqin 1,021 hamda 1,080 dollardan sotiladi. Gonkongda ham smartfonning narxi "insof doirasida"gidek: 1,092 dollar.