iPhone X'ga muddatidan avval, indindan buyurtma berish mumkin

iPhone X'ga muddatidan avval, indindan buyurtma berish mumkin

AQSh da o‘tadigan "trade-in" dasturi ishtirokchilari 2017 yilning 23 oktyabridan boshlab iPhone X flagmaniga oldindan buyurtma berish imkoniga ega bo‘ldilar. Ma’lum bo‘lishicha, ilk partiya uchun tayyorlangan 3 millionga yaqin iPhone X xaridi uchun katta tartibsizlik yuzaga kelishi mumkin.

Odatda yangi ayfon olish ishtiyoqidagi muxlislardan abjir va o‘ta hushyor bo‘lish talab qilinadi. 23 oktyabrdan o‘tkaziladigan iPhone Upgrade dasturida o‘zining eski ayfonidan voz kechish orzusida yurganlar qatnashishlari mumkin. Eski ayfonlar evaziga beriladigan kredit arizasi yordamida amerikaliklar boshqalardan bir hafta oldin iPhone X'ga buyurtma berishlari mumkin.

iPhone X'ga buyurtma berish bo‘yicha qo‘llanma Apple'ning Amerika hududiga mo‘ljallangan rasmiy saytida va Apple Store'ning ilovasida e’lon qilingan.

Aksiyada ishtirok etish uchun Apple Store ilovasini yuklab olib, iPhone X'ning zarur versiyasini tanlash va kerakli kredit arizasini olish, so‘ng 27 oktyabrda o‘tkaziladigan tekshiruvdan o‘tish kerak bo‘ladi. Odatda bunday dastur ishtirokchilari yangi ayfon pulini 24 oy mobaynida to‘lash huquqini qo‘lga kiritadilar. Xuddi shunday dastur iPhone 8 va iPhone 8 Plus uchun ham tashkil qilingan.

Upgrade dasturida foydalanuvchi eski ayfonni topshiradi va dastlabki 12 oylik to‘lovni boshlang‘ich badal sifatida to‘laydi. Bunda ayfonning qanchalik eski yoki yangi modeli ekani ahamiyatsiz.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.