iPhone X o‘rniga bu yil iPhone SE 2 taqdim etishmoqchi

  •   DiMaX
  •  1651
  •  27.01.2018 07:48

iPhone X o‘rniga bu yil iPhone SE 2 taqdim etishmoqchi

Bir necha kun avval ma’lum bo‘lishicha, Apple bu yil o‘zining yubiley ayfonini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi. Ammo, iPhone X «inqiroz»iga qaramasdan, yanada takomillashgan iPhone X Plus modelini ishlab chiqara boshlaydi, deyilgan edi xabarlarda.

O‘QING: iPhone X ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Muhim sabab bilan!

Apple odatda o‘zining har bir qurilmasini ikki yil davomida ishlab chiqarishdan olib tashlamas edi, faqatgina 2014 yilda iPhone 5C modeli bundan mustasno.

Shu bilan birga, tahlilchi Ming-Chi Kuo yaqinda prognoz qilishicha, kupertinolik kompaniya 2018 yilda uchta yangi ayfon taqdim etadi. Bular – 6,1 dyuymlik LCD-displeyli, shuningdek, OLED-ekranli ikkita model – 5,8 dyuymlik iPhone X «avlod»i hamda uning 6,5 dyuymlik Plus-versiyasidir.

O‘QING: Bu yil qanday iPhone’lar chiqishi aniq bo‘ldi

Lekin, so‘nggi tarqalgan xabarlarga ko‘ra, kompaniya endi OLED-displeyli bunday «kichkina» iPhone taqdim etmoqchi emas. Digitimes nashrining ma’lum qilishicha, Apple ayni damda uchta emas, balki naq to‘rtta yangi smartfon modeli ustida ishlamoqda. Bular – ikkita LCD-ekranli (diagonallari 5,7 dan 5,8 dyuymgacha va 6,4 dan 6,5 dyuymgacha bo‘lishi mumkin) hamda ikkita OLED-displeyli (6,0 dan 6,1 dyuymgacha va 6,4 dan 6,5 dyuymgacha) ayfonlardir. Shulardan uchtasi, xuddi 2017 yildagidek kombinatsiyada: ikkita LCD va bitta OLED-ekranli qurilmalar bozorga chiqariladi.

O‘QING: Qoyilmaqom iPhone XI’ni tomosha qilamiz!

Kupertinolik gigantning bu yilgi barcha iPhone’lariga simsiz quvvatlash texnologiyasini hamda yuzni tanish tizimini tatbiq etmoqchi. Aftidan, ular iPhone X dizaynidagi – romsiz, «kemtik»li ekranga ega bo‘lsa kerak. Ikkita LCD-ekranli va bitta 6,5 dyuymlik OLED-ekranli modellar sentyabrda taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Yana aytilishicha, bu uchta flagman iPhone’dan tashqari, Apple may yoki iyun oyida yana bitta – hamyonbop smartfon ham taqdim etadi. Bu – iPhone SE 2 (yoki iPhone SE 2018) rusumli ixcham smartfon bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, u ham simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega, bu modelda ammo qiyofani tanish tizimi qo‘llanmaydi.

O‘QING: Eksklyuziv: iPhone SE 2018 ilk «jonli» suratda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.