iPhone X savdosi boshlanishi arafasida ularni o‘marib ketishdi!

  •   DiMaX
  •  1887
  •  04.11.2017 12:35

iPhone X savdosi boshlanishi arafasida ularni o‘marib ketishdi!

San-Fransisko shahridagi Apple Store do‘konlaridan birida «yubiley ayfoni» savdoga chiqarilishi oldidan noma’lum kimsalar yangi smartfonlarni o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda, mahalliy huquq-tartibot idoralariga tayangan holda CNET xabar bergan.

E’tiborli jihati shundaki, iPhone X’larni do‘konning o‘zidan emas, balki hali unga topshirib ulgurmagan UPS pochta xizmatining yuk mashinasidan o‘g‘irlashgan. Jinoyatchilar haydovchining uzoqlashishini kutishgan va mashinani ochib, 313 quti iPhone X’ni olib qochishgan. O‘tkinchilardan biri bu jarayonni suratga olgan va uni huquq-tartibot idoralariga taqdim etgan. Hozirda qidiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘QING: Rossiyada iPhone X savdosi: bunday navbat hali bo‘lgan emas! (+video)

iXBT.com saytining xabar qilishicha, jami o‘g‘irlangan smartfonlarning umumiy qiymati 370 000 dollardan oshadi. Agar buni qo‘ldan ketgan qurilmalar soni – 313 ga bo‘lsak, ularning har biriga 1182 dollardan to‘g‘ri keladi. Demak, jinoyatchilar o‘margan barcha ayfonlar 256 gigabayt hajmli modellar bo‘lgan.

Qizig‘i shundaki, iPhone faollashtirilganidan keyin ishlab chiqaruvchi uni bloklay olishi mumkinligi borasida Apple biror izoh berishdan qochayotir. Demak, agarda olmali kompaniya buni uddalay olsa, o‘g‘irlaganlar bu smartfonlarni faqat ehtiyot qismlar tarzida sotishlari mumkin.

O‘QING: FQB terrorchining iPhone tizimini buzishga qancha sarflagani aytildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!