iPhone X uslubidagi klassika: romsiz iPhone SE’ning foto va videosi chiqdi!

  •   DiMaX
  •  3042
  •  26.09.2017 16:34

iPhone X uslubidagi klassika: romsiz iPhone SE’ning foto va videosi chiqdi!

CURVED studiyasining dizaynerlar jamoasi iPhone SE smartfoni romsiz talqinining fotorenderlari hamda reklama videosini tayyorladi. Gap-so‘zlarga qaraganda, mazkur versiyadagi smartfon 2018 yili ishlab chiqariladi, deb yozadi Gagadget nashri.

Romsiz klassika

Mazkur renderlarda ekrani 4,7 dyuymli OLED-iPhone’ni romlaridan butkul mahrum qilib, uni kompaniyaning yangi flagmani – iPhone X uslubiga keltirishgan. Tag‘in, gadjetga qo‘shaloq ob’yektivli kamera, shuningdek, Face ID funksiyasi uchun True Depth turidagi old kamera joylashgan.

Xullas, devaysni yangicha talqinda taqdim etilgan klassika, deyish mumkin. Mana, o‘zingiz tomosha qilib, zavq oling:

Apparat qismi qanaqa?

Qurilmaning «yuragi» – Apple A10 protsessori, tezkor xotirasi esa 2 gigabaytlik bo‘ladi. Asosiy kamerasi har biri 12 megapikselli ikkita fotomoduldan iborat, old kamera esa 5 megapikselli.

iPhone SE’ning yangilangan talqini kelasi yilning birinchi choragida chiqishi kutilayotir. Ammo Apple uni bunaqa romsiz qilishi qiyin, bu – shunchaki dizaynerlarning taxminlari asosida ishlangan renderlardir. Ularning to‘liq to‘plamidan bahra olish uchun mana bu manzilga o‘tishingiz mumkin.

Lekin kupertinolik gigantdan buni kutsa ham bo‘ladi: raqobatchilaridan ustun kelish uchun u romsizlik trendini endi ishlab chiqariladigan va yangilangan modellariga ham tatbiq etaverishi mumkin. Buni birgalikda kuzatish uchun bizdan uzoqlashmang.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!