iPhone X va Galaxy S9+’ning samaradorlik bo‘yicha «jonli» bellashuvi: kutilmagan natija!

  •   DiMaX
  •  2709
  •  10.03.2018 15:23

iPhone X va Galaxy S9+’ning samaradorlik bo‘yicha «jonli» bellashuvi: kutilmagan natija!

Ayni damda dunyodagi eng yetakchi smartfonsozlar Apple va Samsung ekanligi ma’lum. Xo‘sh, ularning eng so‘nggi flagmanlari – iPhone X va Galaxy S9+ modellarining samaradorligi, amalda ishlash tezligi qay darajada?

O‘QING: Galaxy S9 iPhone X'ni yana bir unvondan mahrum qildi

Tom’s Guide sayti sharhlovchilari bu masalaga jiddiy qiziqib qolishdi va bu ikki smartfonni «jonli» tarzda, ya’ni amalda ishlatib ko‘rib, tezligini o‘zaro taqqoslashdi.

Avvalo, sintetik testlardagi ko‘rsatkichlarga nazar solsak. Mobil qurilmalarning umumiy samaradorligini baholovchi Geekbench 4 benchmarkida ko‘p yadroli rejimdagi sinovda iPhone X modeli 10357 ball, Galaxy S9+ esa atigi 8295 ochko olgan. OpenGL ES 3.0 benchmarkida esa, Unlimited rejimida kupertinolik flagman 4994 ball, uning janubiy koreyalik raqibi esa 4634 ball to‘plagan. Samsung flagmani faqat 3DMark Sling Shot testidagina yubiley ayfonidan yuqori ochko olgan: tegishlicha 5793 va 3998 ochko.

Xullas, Tom’s Guide xodimlari bu ikki flagmanni «jonli» hayotdagi tekshiruvda o‘zaro solishtirishdi va natija qiziq chiqdi. Ikki daqiqalik videofaylni Adobe Premiere Clip yordamida qayta kodlash (perekodirovka) uchun iPhone X atigi 42 soniya vaqt sarfladi. Galaxy S9+’ga esa ayni shu vazifani bajarish uchun 2 daqiqayu 32 soniya kerak bo‘ldi. Shuningdek, Injustice 2 o‘yinini ochish uchun Apple flagmaniga 13 soniya kifoya qildi, Galaxy S9+ esa bu ishni 20 soniyadagina uddalay oldi.

Bularning barchasi ko‘rsatib turibdiki, iPhone X hali yaqindagina taqdim etilgan Galaxy S9+’ga nisbatan tezroq ishlar ekan.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: Samsung Galaxy S9+ o‘tgan yilgi xitoylik flagmanga mag‘lub bo‘ldi!