iPhone X yakkahokimligiga chek qo‘yishmoqchi – BOE «o‘yiqli» AMOLED-displey yaratdi!

  •   DiMaX
  •  1798
  •  02.12.2017 16:17

iPhone X yakkahokimligiga chek qo‘yishmoqchi – BOE «o‘yiqli» AMOLED-displey yaratdi!

Bugungi kunda OLED-displeylar bozorida Samsung kompaniyasi yetakchi bo‘lib kelayotir. Ammo boshqa ko‘plab ishlab chiqaruvchilar ham shu yo‘nalishni rivojlantirishga sarmoya kiritib, mazkur texnologiya ustida faol ish olib borishmoqda. Hali 2018 yildanoq bu bozorda Samsung monopoliyasiga chek qo‘yilishi mumkin, deyishmoqda tahlilchilar.

OLED sohasida ish olib borayotganlardan biri Xitoydagi BOE kompaniyasidir, deb yozadi ixbt.com. U allaqachon bu borada yutuqqa erishdi ham: xuddi iPhone X ekrani kabi – yuqorisi «kemtik»li, yangi AMOLED-displeyning ishchi prototipini yaratdi.

O‘QING: iPhone X ekranidagi «o‘yiq» – Apple’ning ajoyib «imzo»si!

BOE yaratgan mazkur ekranning o‘lchami diagonaliga 6,18 dyuymni tashkil etadi. Displeyning tasvir aniqligi 2992x1440 pikselga teng, panelning yorqinligi esa 390 nitni tashkil etadi.

IZOH: Ekran yorqinligi o‘lchovi haqida quyidagi maqolamizda ma’lumot berilgan: Eng yaxshi smartfon displeyi aniqlandi va bu...

Shu tariqa, BOE kompaniyasi birato‘la ikkita gigantga – OLED displey sohasida Samsung’ga va «o‘yiqli» ekran bo‘yicha Apple’ga qarshi maydonga tushayotir.

Tabiiyki, BOE ishlab chiqaradigan AMOLED-displeylar Samsung’nikiga nisbatan arzonroqqa tushadi. Ammo gap boshqa yoqda: ular tegishli sifat standartlariga javob bera olarmikan?

Yaxshisi, buni bilish uchun mazkur panellarni smartfonga o‘rnatilganidan so‘ng baholashlarini kutamiz. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: DisplayMate jahondagi eng yaxshi displeyli smartfonni aytdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.