iPhone7 uchun ehtiyot qismlar Apple’ga 220 dollarga tushmoqda

iPhone7 uchun ehtiyot qismlar Apple’ga 220 dollarga tushmoqda

iPhone7’ning 32 GBli standart modeli ayni paytda operator bilan tuzilgan shartnomasiz taxminan 650 AQSh dollarida sotiladi. Biroq IHS Markit analitiklarining hisoblariga ko‘ra, ushbu modelning ehtiyot qismlari kompaniyaga ancha arzonga, taxminan 220 dollarga tushmoqda. Biroq tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun ehtiyot qismlardan tashqari yana bir qator (ishchi kuchi, yetkazib berish, kafolat xizmati va boshq.) xarajatlar mavjudligini yoddan chiqarmaslik kerak.

iphone7_fixit

Eksperlarning ta’kidlashicha, qurilmadagi eng qimmat komponent ekran hisoblanadi. Kompaniya har bitta ekran uchun 43 dollar pul sarflaydi, shuningdek, kompaniyaga Intel simsiz modemi 34 dollar, Apple A10 protsessori 26,9 dollar, kamera 19,9 dollar, xotira chipi esa 16, 4 dollarga tushmoqda. Biroq yuqorida keltirilgan komponentlar uchun Apple juda katta hajmdagi buyurtma sabab sezilarli darajada chegirma olganini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!