iPhone’da begonalardan kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni cheklashning oson yo‘li bor!

  •   DiMaX
  •  2007
  •  22.07.2019 16:38

iPhone’da begonalardan kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni cheklashning oson yo‘li bor!

Afsuski, kupertinolik korporatsiya smartfonlarida notanish raqamlarni «qora ro‘yxat»ga kiritib qo‘yish funksiyasi mavjud emas. Biroq shunday begona raqamlarning hech biridan qo‘ng‘iroq kelmaydigan qilib qo‘yish usuli bor.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlarida raqam qora ro‘yxatga qanday kiritiladi?

Keling, iPhone’da begona abonentlardan kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni cheklashning oson usulini ko‘rib chiqamiz.

1-qadam: «Sozlamalar» menyusidagi «Bezovta qilinmasin» bandiga kirasiz («Nastroyki» → «Ne bespokoit»).

2-qadam: «Qo‘lda sozlash» («Vruchnuyu») pereklyuchatelini o‘ngga surib, faol holatga keltirasiz. Shunda «Bezovta qilinmasin» («Ne bespokoit») funksiyasi yoqiladi, ekran tepa qismi o‘ng burchagida buni aks ettiruvchi yarim oy belgisi aks etadi. Payqaganingizdek, bu holatda umuman hech kimdan qo‘ng‘iroq kelmaydi.

3-qadam. Endi esa «Qo‘ng‘iroqlarga ruxsat» («Dopusk vizovov») bo‘limiga kirib, «Barcha kontaktlar» («Vse kontakti») bandini tanlab qo‘yamiz. Sezganingizdek, endi o‘zingiz smartfoningizdagi kontaktlar ro‘yxatiga kiritib qo‘ygan abonentlardan qo‘ng‘iroq kelishiga ruxsat berildi. Qolgan – begona raqamlar esa sizga endi tusha olmaydi!

Istasangiz, «Qo‘ng‘iroqlarga ruxsat» bo‘limida «Tanlanganlar» («Ot izbrannix») bandini belgilab qo‘yishingiz mumkin. Bunda faqat o‘zingiz o‘sha ro‘yxatga kiritib qo‘ygan yaqinlaringiz (oila a’zolari, eng yaqin do‘stlar va hokazo) sizga qo‘ng‘iroq qila olishadi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» yangi tariflarni taqdim etdi. Narxlar oshdimi yoki tushdi?

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!