Ish holatidagi Xiaomi Mi 8 «jonli» videoda: barmoq izi skaneri ekranda ekan!

  •   DiMaX
  •  2497
  •  18.05.2018 21:47

Ish holatidagi Xiaomi Mi 8 «jonli» videoda: barmoq izi skaneri ekranda ekan!

Xiaomi’ning navbatdagi flagman smartfoni sanoq bo‘yicha Mi 7 emas, balki bitta son «sakrab o‘tilib», kompaniyaning sakkiz yilligi sharafiga Mi 8 deb nomlanayotgani yaqindagina ma’lum bo‘ldi. Xususan, yangi smartfon qutisining «jonli» surati bu masala uzil-kesil ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Xiaomi Mi 8 qadog‘ining «jonli» surati barcha shubhalarga chek qo‘ydi

Ushbu smartfon xususiyatlari haqida ko‘p ma’lumotlar chiqqan, ammo bir necha soat avval insayderlar tarqatgan videorolik yana ko‘pchilikni shubhaga solib qo‘ydi. Gap shundaki, hozirgacha Xiaomi Mi 8 (avvalgi xabar va maqolalarimizda Mi 7 deb atalgan) smartfonining daktiloskopik datchigi orqa panelda, deb kelinar edi. Bugun tarqalgan lavhada aks ettirilgan va Mi 8 ekanligi taxmin qilinayotgan smartfonda esa barmoq izi sensori displeyning o‘ziga integratsiya qilingan.

Qulay tomosha qilish uchun GIF-animatsiya formatiga o‘girilgan shu videolavhani tomosha qiling:

Ikki marta teginish yoki bosib turish orqali ekranni blokdan chiqarish funksiyasini faqatgina AMOLED-matritsalarda joriy etish mumkin. Aynan shunday matritsali displeygagina barmoq izi skanerini joylashtirish imkoni bo‘ladi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, Xiaomi Mi 8 flagmanining ekrani nafaqat daktiloskopik modulli, balki organik AMOLED-matritsali ham bo‘layotir.

Ehtimol, taqdimotigacha hali Xiaomi Mi 8 haqida yana boshqa kutilmagan ma’lumotlar ham chiqib qolar. Bu kabi syurprizlardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizni kuzatib boring.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi kompaniyasi 3D Face skaneriga ega Mi 8 flagmanining taqdimot kunini ma’lum qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.