Ishonasizmi, atigi 48 dollarga dualsim 4G-smartfon chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1518
  •  26.10.2018 10:41

Ishonasizmi, atigi 48 dollarga dualsim 4G-smartfon chiqdi!

Micromax kompaniyasi Hindistonda o‘ta hamyonbop Spark Go smartfonini rasman namoyish etdi. To‘rtinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i – 4G VoLTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlasa-da, ishlab chiqaruvchi unga bor-yo‘g‘i 55 AQSh dollariga teng narx qo‘ygan.

O‘QING: Eng arzon smartfonlar: ularga qanday protsessorlar qo‘yiladi?

Micromax Spark Go korpusining o‘lchamlari 145x72,8x9,7 millimetrga teng, 5 dyuymlik ekranining tasvir aniqligi esa 480x854 pikselni tashkil etadi. Unga 5 megapiksellik asosiy va 2 megapiksellik old kameralar o‘rnatilgan. Uning texnik ta’minoti asosini yakka kristalli Spreadtrum SC9832E protsessori va 1 gigabaytlik tezkor xotira tashkil etadi. Smartfon 8 gigabaytlik doimiy xotiraga ega, yana qo‘shimchasiga unga microSD-karta o‘rnatish mumkin.

O‘ta arzon bo‘lgan bu smartfon Android Oreo (Go edition) operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. U ikkita SIM-karta bilan ishlay oladi, 4G VoLTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Simsiz aloqa uchun Wi-Fi (802.11 b/g/n), Bluetooth 4.0 hamda GPS interfeyslari mavjud. 2000 mA/soatlik akkumulyatorga ega Spark Go korpusida microUSB porti hamda quloqchin uchun 3,5 millimetrlik tirqishi mavjud.

Garchi Micromax kompaniyasi Spark Go bahosini 55 dollar, degan esa-da, Flipkart onlayn-do‘konida uni yanada arzon – atigi 48 dollarga taklif qilishmoqda. Bu modelning O‘zbekistonga yetib kelishi qiyin, ammo Terashop.uz internet-do‘konimizda turli kompaniyalarning ayrim hamyonbop smartfonlarini onlayn buyurtma orqali olish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’dan 999 000 so‘mgacha narxga qanday smartfonlar olish mumkin?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.