Ishonmagin do‘stingga..: Windows uchun eng ommaviy ilovalardan biri ishonchni oqlamadi

  •   Saroy
  •  1014
  •  08.08.2018 10:24

Ishonmagin do‘stingga..: Windows uchun eng ommaviy ilovalardan biri ishonchni oqlamadi

5.45 versiyasi CCleaner’ni tozalash va yaxshilashda keng foydalanadigan vosita hisoblanadi. U iyulda chiqarilgan bo‘lib, bepul versiyadagi konfidensiallik sozlagichini to‘liq o‘chirib tashladi. Dasturchilar foydalanuvchilarga «aktivniy monitoring»ni o‘chirishga ro‘xsat bermadi, u aslida o‘z vazifasiga ko‘ra, foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish uchun bir niqob ekan.

Bundan tashqari, foydalanuvchilarning aniqlashicha,  CCleaner oynasining yopiqligi amalda dasturni to‘liq yopmagan. U fon rejimida ma’lumot yig‘ishni davom ettiravergan. Uni  faqat Windows’ning vazifalar menejeri orqali  deaktivlashtirish mumkin.

O‘QING:Turli brauzerlarda maxfiylik rejimini yoqishning eng oddiy usuli

Bularning barchasi foydalanuvchilarning bir dunyo ta’nalariga sabab bo‘ldi, shu bois Avast yangilanish ma’lumotlarini to‘liq qaytarib olishga va  dasturiy ta’minotni 5.44 versiyasiga qaytarishga majbur bo‘ldi. Endi dasturchilar avvaldan o‘chirilgan funksiyalar bilan yangilanishni tayyorlashmoqda  hamda «aktivniy monitoring»’ni ma’lumotlar yig‘ishdan ajratib, ushbu funksiya uchun foydalanuvchilar sozlagichida alohida muvofiqlashtirgichni joriy etmoqda.

O‘QING:Windows’da faylni ochmasdan turib uning ichidagilarni tezkor ko‘rish yo‘li bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!