Istalgan qiyofani xohlagan GIF-animatsiyaga qo‘yib beruvchi yangi ilova chiqdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  2479
  •  14.01.2020 11:12

Istalgan qiyofani xohlagan GIF-animatsiyaga qo‘yib beruvchi yangi ilova chiqdi! (+video)

O‘zbekistonda ham juda ommalashgan FaceApp fotoredaktori atigi 10 kunda bir million dollar daromad keltirgan. O‘tgan yili undanam zo‘r AI Portraits Art deb nomlanuvchi servis ham ishga tushgan edi.

O‘QING: OGOH BO‘LING: FaceApp foydalanuvchilari – firibgarlar nishonida!

Endi esa shularga monand boshqa bitta – Doublicat nomli ilova ham taqdim etildi. RefaceAI deb ataluvchi maxsus algoritm yordamida u sizning yuzingizni biror rasmga sanoqli soniyalarda joylab beradi.

Doublicat’dan foydalanish juda oson: selfi qilasiz, taklif etilgan GIF-animatsiyalardan birini tanlaysiz va tasdiqlaysiz – bo‘ldi. Bir necha soniyadan so‘ng sizning qiyofangiz tushirilgan yangi GIF-surat tayyor bo‘ladi, uni saqlab olishingiz yoki ilovaning o‘zidanoq biror messenjer orqali jo‘natishingiz yoki ijtimoiy tarmoqda ulashishingiz mumkin.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqlarda tark etishingiz lozim bo‘lgan o‘nta odat

Mana, Doublicat’dan foydalanish jarayonini videoda ko‘ramiz:

Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashlariga ko‘ra, mazkur dastur shu kabi boshqa ilovalardan boshqacharoq ishlaydi. Shuningdek, u foydalanuvchilarning qiyofalarini va boshqa shaxsiy ma’lumotlarini saqlab qolmaydi.

Doublicat servisining Android hamda iOS uchun ilovalarini yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Nikoh uchun ideal juft tanlab beruvchi dastur yaratildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!