Istalgan saytdan video ko‘chirish uchun 10ta universal servis

  •   DiMaX
  •  11226
  •  11.01.2018 18:30

Istalgan saytdan video ko‘chirish uchun 10ta universal servis

Ba’zi saytlarga joylangan videolavhalarni kompyuteringizga ko‘chirib olish imkoni taqdim etilmaganini bilasiz-a? Ularni boshqa, noan’anaviy yo‘llar bilan yuklash mumkin, shuningdek, bunda ayrim dasturlar ham yordamga keladi.

O‘QING: Instagram’dan video ko‘chirib olishni bilasizmi?

Shuningdek, bu borada sizga yordam beruvchi onlayn servislar ham mavjud. Quyida shulardan ayrimlarini tegishli xususiyatlari bilan keltirib o‘tamiz. Ularning ishlashi deyarli bir xil: kerakli videorolikning manzilini (URL-adres) ko‘chirib olib, servisdagi shaklga tashlaysiz, olinadigan videoning formati va boshqa xususiyatlarini tanlaysiz va «Skachat» yoki «Download» tugmachasini bosasiz – vassalom!

E’TIBOR BERING: afsuski, iOS tizimidagi cheklovlar tufayli, iPhone va iPad egalari o‘z qurilmalarida bu usullardan foydalana olmaydilar. Android-qurilmalarda esa mazkur servislar yordamida videofayllarni ko‘chirib olsa bo‘ladi (faqatgina mobil qurilmalarda ishlashga moslashtirilmagan Video Grabber resursi bundan mustasno). Kompyuter va noutbuklar orqali bularning istalgan biridan bemalol foydalana olasiz.

Quyida mazur servislar qo‘llab-quvvatlovchi saytlar soni kamayib borish tartibida keltirilmoqda. Ya’ni, ro‘yxatning boshidagilar ko‘proq saytlardan ola bilishi, universalligi bilan afzalroqdir.

1. Video Grabber

  • Qo‘llab-quvvatlanadigan saytlar: YouTube, Facebook, Twitter, TED, Dailymotion, Vevo, Vimeo va mingga yaqin boshqa resurslar.
  • Qo‘shimcha funksiyalari: videoning sifatini tanlash, MP4, 3GP va WEBM formatlariga konvertatsiya. Shuningdek, pulli desktop talqinida videoni yuqori tezlikda yuklab olish va undan faqat ovozini yozib olish imkoniyatlari ham mavjud.

Video Grabber saytiga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

2. TubeOffline

  • Qo‘llab-quvvatlanadigan saytlar: «VKontakte», YouTube, Facebook, Vimeo, Twitter, Dailymotion va yana mingga yaqin sayt.
  • Qo‘shimcha funksiyalari: video sifatini tanlash, MP4, 3GP, WEBM hamda MP3 formatlariga konvertatsiya.

TubeOffline saytiga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

3. 9xbuddy

  • Qo‘llab-quvvatlanadigan saytlar: YouTube, «VKontakte», «Odnoklassniki», Facebook, Vimeo, Twitter va mingga yaqin boshqa saytlar.
  • Qo‘shimcha funksiyalari: video sifatini tanlash, MP4, 3GP, WEBM, MP3 hamda M4A formatlariga konvertatsiya.

9xbuddy saytiga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

4. SAVEVIDEO.ME

  • Qo‘llab-quvvatlanadigan saytlar: Facebook, Coub, Dailymotion, Smotri, Vimeo, Twitter va yana yigirma beshtacha sayt.
  • Qo‘shimcha funksiyalari: video sifatini tanlash.

SAVEVIDEO.ME saytiga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

5. KeepVid

  • Qo‘llab-quvvatlanadigan saytlar: YouTube, Facebook, Instagram, Vimeo, Twitch, Dailymotion, Yahoo va yigirmaga yaqin boshqa resurslar.
  • Qo‘shimcha funksiyalari: video sifatini tanlash, MP4, 3GP, WEBM va M4A formatlariga konvertatsiya. Uchta rolik yuklab olganingizdan keyin, unda ishni davom ettirish uchun mazkur servisga eltuvchi havolani Facebook’da ulashishingiz lozim bo‘ladi. Bu servis orqali videolarni yuqori tezlikda ko‘chirib olish hamda undagi musiqalarni MP3 formatida yuklab olish uchun pulli yuklovchisini o‘rnatishingizga to‘g‘ri keladi.

KeepVid saytiga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: YouTubeMP3 Converter – YouTube’dagi roliklarning ovozini saqlab olish servisi

6. SaveFrom

  • Qo‘llab-quvvatlanadigan saytlar: YouTube, «Odnoklassniki» (kengaytmasini o‘rnatish zarur), Mail.Ru, Facebook, LiveJournal, Vimeo, Dailymotion, Smotri va yigirmaga yaqin boshqa saytlar.
  • Qo‘shimcha funksiyalari: video sifatini tanlash, MP4, 3GP hamda WEBM formatlariga konvertatsiya. Mazkur servis yordamida videolavhalarni yuqori tezlikda ko‘chirib olish hamda undagi audiolarni MP3 formatida yuklab olish uchun pulli yuklovchisini o‘rnatishingiz lozim bo‘ladi.

SaveFrom saytiga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

7. SaveDeo

  • Qo‘llab-quvvatlanadigan saytlar: YouTube, Facebook, Instagram, Vimeo, TED va yana yigirmatacha sayt.
  • Qo‘shimcha funksiyalari: video sifatini tanlash, MP4, 3GP hamda WEBM formatlariga konvertatsiya.

SaveDeo saytiga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

8. YooDownload

  • Qo‘llab-quvvatlanadigan saytlar: YouTube, Facebook, Twitter, Instagram va boshqa ayrim resurslar.
  • Qo‘shimcha funksiyalari: video sifatini tanlash, MP4, 3GP, WEBM hamda MP3 formatlariga konvertatsiya.

YooDownload saytiga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

9. VideoGrabby

  • Qo‘llab-quvvatlanadigan saytlar: YouTube, Facebook, Twitter va yana ayrimlari.
  • Qo‘shimcha funksiyalari: lavhadagi audioni MP3 formatida saqlab olish. Ammo, agar video musiqiy klip bo‘lsa, huquqiy cheklovlar sababli uning ovoz yo‘lakchasini saqlab bo‘lmaydi.

VideoGrabby saytiga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

10. Catchvideo.net

  • Qo‘llab-quvvatlanadigan saytlar: YouTube, Facebook, Dailymotion, Vimeo va boshqa resurslar.
  • Qo‘shimcha funksiyalari: video sifatini tanlash, audio faylini olish. Lekin mualliflik huquqi bilan himoyalanganligi bois ba’zi roliklar yuklanmay qolishi ehtimoli bor.

Catchvideo.net saytiga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Qanday qilib YouTube videolarini ko‘chirib olish mumkin?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!