Istalgan smartfonda Android 9.0 Pie’ni hoziroq sinab ko‘rishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  6482
  •  24.08.2018 17:11

Istalgan smartfonda Android 9.0 Pie’ni hoziroq sinab ko‘rishingiz mumkin!

Google kompaniyasi Android operatsion tizimining 9.0 – Pie talqinini yaqinda chiqardi va ayrim smartfonlar ungacha yangilana boshlagan. Ammo ushbu talqindagi proshivkaga ega bo‘lmagan «yashil robotchali» telefonlar egalari uchun ham uni sinab ko‘rish yo‘li topildi!

O‘QING: Android 9.0 Pie’gacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Har qanday Android-smartfonda operatsion tizimning so‘nggi talqini interfeysini sinab ko‘rish uchun yangilangan Pixel Launcher ilovasini o‘rnatib olish zarur. Ta’kidlash kerakki, bunda qurilmangiz operatsion tizimi Android 9.0 Pie’gacha yangilanmaydi, balki siz bu ilova orqali faqat uning interfeysi – tashqi ko‘rinishinigina ishlatasiz.

Buning uchun avval o‘z smartfoningizga noma’lum manbalardan olingan ilovalarni o‘rnatish uchun ruxsat berishingiz lozim. Gadjetingizdagi «Sozlamalar»ga kirib, «Xavfsizlik» bo‘limiga o‘tib, «Noma’lum manbalar» funksiyasini faollashtirasiz («Nastroyki» — «Bezopasnost» — «Neizvestnie istochniki»)

Keyin esa mana bu saytga o‘tib, havola orqali Pixel Launcher ilovasining APK-faylini ko‘chirib olasiz. Buni kompyuterga yoki boshqa biror manbaga emas, balki birato‘la o‘sha – yangilamoqchi bo‘lgan smartfonning o‘ziga ko‘chirib olganingiz ma’qul.

O‘QING: Android 9 Pie’ga o‘tmoqchimisiz? Yodda tuting: orqaga yo‘l yo‘q!

APK-faylini o‘rnatib bo‘lgach, ochilgan oynada «Ispolzovat vsegda» tugmachasini bosib, dastlabki sozlamalar bo‘yicha foydalanish uchun Pixel Launcher ilovasini tanlaysiz.

Pixel Launcher tizimning o‘z ilovasi bo‘lmaganligi sababli, unga o‘zingiz bir qator ruxsatlarni berishingiz kerak bo‘ladi. Buning uchun esa smartfoningiz «Sozlamalar»iga kirib, «Ilovalar» bo‘limiga o‘tasiz va «Pixel Launcher»ni tanlab, «Ruxsatlar» ro‘yxatini ochasiz («Nastroyki» — «Prilojeniya» — «Pixel Launcher» — «Razresheniya»). Shu yerda bu dastur uchun qo‘ng‘iroqlar, ichki xotira va geolokatsiya xizmatlaridan foydalanish ruxsatini berasiz.

Ana endi smartfoningiz proshivkasi xuddi Android 9.0 Pie’dagi kabi ko‘rinishga ega bo‘ldi, uni ishlatib ko‘rib, baholang-chi?

O‘QING: Android 9 Pie’da yana bitta jiddiy muammo chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.