Jahon miqyosida eng ko‘p sotilayotgan 5 smartfon

Jahon miqyosida eng ko‘p sotilayotgan 5 smartfon

300 dan oshiq smartfon ishlab chiqaruvchi tinmay innovatsiya va yangiliklar tatbiq qilayotgan smartfonsozlik sanoati taraqqiy etgani sayin, smartfon bozorida raqobat kuchaymoqda. Amerikaning Strategy Analytics Smartphone Model Tracker (SMT) tadqiqot kompaniyasi xalqaro mobil telefonlar bozorini tahlil 2017 yilning I choragi mobaynida eng ko‘p sotilgan smartfon modellarini o‘rgandi. Quyida mazkur natijani e’lon qilamiz.

Apple iPhone 7
Reytingda hali ham Apple’ning so‘nggi flagmani — iPhone 7 yetakchilik qilmoqda. Ayfonning bu modeli 2017 yilning birinchi choragida dunyo bo‘ylab taxminan 21.5 million dona yetkazib berilgan. Apple iPhone 7 bu yilning ilk choragida jahon bozorida sotilgan jami smartfonlar miqdoridagi ulushi 6 foizni tashkil qiladi.
Ayni paytda ushbu smartfonning 32 gigabaytli eng arzon talqini “Malika” savdo majmuasida 5.2 million so‘mdan sotilmoqda.

Apple iPhone 7 Plus
Reytingda 2-o‘rin ham yana bir Apple flagmani — iPhone 7 Plus’ga nasib qilgan. iPhone 7’ning yirik ekranli talqini bo‘lgan smartfondan 2017 yilning I choragida 17.4 million dona yetkazib berilgan. iPhone 7 Plus’ning jahon smartfon bozoridagi ulushi bu chorakda 5%ni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda ushbu smartfonning 32 gigabaytli eng arzon talqini “Malika” savdo majmuasida 5.9 million so‘mdan sotilmoqda.

 

Reytingda 3-o‘rin Xitoyning Oppo brendiga tegishli Oppo R9s’ga nasib qilgan. Smartfon 2016 yilning oktyabr oyida Xitoyda, undan so‘ng Hindistonda taqdim qilingan bo‘lib, jahonning bu ikkala eng yirik smartfon bozorida tezda ommalashdi. Oppo ushbu smartfonidan 8.9 million dona yetkazib berishga erishgan. Shu taxlit uning xalqaro mobil telefonlar bozoridagi ulushi 2.5%ni tashkil qiladi.
Xalqaro bozorda Oppo R9s smartfoni $416 dollardan sotilmoqda.

Samsung Galaxy J3 (2016)
Shunday qilib, Samsung Galaxy turkumida 2016 yilning eng yaxshi smartfoni deb topilgan S7 yoki S7 EDGE emas, Samsung Galaxy J3 (2016) jahonning eng ommalashgan smartfoni deb topilgan. Tadqiqotda ma’lum bo‘lishicha, bu modeldan jahon bo‘ylab 6.1 million dona yetkazib berilgan. Bu smartfon modeli bu chorakda sotilgan jami smartfonlar miqdorining 1.7%ini tashkil qilmoqda. Jumladan, Samsung Galaxy J3 (2016) 2016 yilning may oyida Hindistonda e’lon qilingan bo‘lib, bu bozorda muvaffaqiyatli sotilgan.
Ayni paytda ushbu smartfonning eng arzon talqini “Malika” savdo majmuasida 1 million so‘mdan sotilmoqda.


Samsung Galaxy J5 (2016)
Jahon miqyosida eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar beshligini Samsung kompaniyasining Samsung Galaxy J5 (2016) modeli yakunlab bergan. Janubiy koreyalik axborot-kommunikatsiya giganti so‘nggi chorakda bu modeldan 5 million dona Tyetkazib bergan. Uning jahon smartfon bozoridagi ulushi bu chorakda 1.4%ni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda ushbu smartfonning eng arzon talqini “Malika” savdo majmuasida 1,3 million so‘mdan sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!