Jahonda tengsiz Samsung Wireless Charger Duo'ning narxi ma’lum bo‘ldi

Jahonda tengsiz Samsung Wireless Charger Duo'ning narxi ma’lum bo‘ldi

Samsung Wireless Charger Duo deb nomlanuvchi dok-stansiya bir vaqtning o‘zida ikki devaysni quvvat bilan ta’minlay oladi. Shu jihati bilan ushbu gadjet jahonda tengsiz va o‘ziga xos.

Samsung kompaniyasi 9 avgustda kutilayotgan taqdimotda Galaxy Note 9 hamda "aqlli soat"lar bilan birga, ular uchun zarur aksessuarlarni ham taqdim qiladi. Devayslarni simsiz quvvatlashga mo‘ljallangan Samsung Wireless Charger Duo qurilmasi ana shu devayslardan biridir.

Roland Kvandat (Roland Quandt) insayderiga ko‘ra, Wireless Charger Duo bir vaqtning o‘zida Galaxy Note 9, Galaxy Watch qurilmalarini simsiz quvvatlaydi. Shu bilan birga, ularning o‘rnida Qi standarti bo‘yicha quvvat oladigan boshqa ikki gadjetni ham quvvatlay oladi.

Samsung Wireless Charger Duo stansiyasi $75 dollardan sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!