Jahonning eng serdaromad texno-kompaniyasi Apple emas, S...?

Jahonning eng serdaromad texno-kompaniyasi Apple emas, S...?

Samsung kompaniyasi 2017 yilning 2-choragida jahonning eng ko‘p daromad ko‘rgan texnologik kompaniyasiga aylandi. 27 iyulda koreyalik texno brend moliyaviy hisobotlarini e’lon qilgan. Kompaniyaning operatsion daromadi 72% ga oshib, $12,67 mlrd dollarga yetgan.

Ma’lum bo‘lishicha, kompaniyaning daromadi 89%, ya’ni $9,6 mlrd dollarga yetgan. Bundan sof foyda — 20%, ya’ni $54,2 mlrd.ni tashkil qiladi.

Biz smartfon ishlab chiqaruvchisi sifatida bilgan brendning daromad manbai "aqlli telefon" emas. Mikroprotsessor hamda displeylar savdosining yuqori bo‘lgani uchun ham Samsung o‘tgan chorakda rekord darajada foyda ko‘rdi. 2-chorakda birgina mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchi bo‘linma kirimlari 8% ga oshgan. Samsung bu chorakda mikroprotsessorlar bozorida yetakchi bo‘lgan Intel'ni ortda qoldirib, yaqqol peshqadamga aylangan.

Shu bilan birga, Samsung'ning smartfon sotish bilan bog‘liq kirimlari 4,7% ga kamaygan. Shunga qaramasdan, Galaxy S8 va S8+ flagman smartfonlari bozorda yaxshi sotilmoqda.

Koreyalik kompaniya Qualcomm va Apple uchun ham chiplar ishlab chiqaradi. Samsung'ning OLED-displeylar (organik svetodiodli displey, bu displey qayrilma dizaynda ishlab chiqarilishi bilan ham o‘ziga xos) sanoatidagi ulushi 95% ni tashkil qiladi.